So’nggi yangiliklar

18:40Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" (матнли трансляция)  16 18:36Суперлига. "Динамо" – "Шўртан". Асосий таркиблар маълум  0 18:34ФИФА пенальти қоидаларини ўзгартиришни режалаштирмоқда  1 18:26Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  0 17:24Вольтемаде: "Бирор нарса қилиб, кейин "кечирасиз" дейиш футболнинг бир қисми эмас. Менга адолатли кураш ёқади"  4 16:56Суперлига. 24-турда ишловчи ҳакамлар маълум   0 16:40Мутолаа учун. Самарадорлик бўйича Фалькао ва Жирудан қолишмаган ҳужумчи фаолиятини якунлади  0 16:20Про лига. 16-тур баҳсларига ҳакамлар тайинланди  0 15:51Руни: "Бу "Манчестер Юнайтед" эмас. Мен бу футбол клубини танимаяпман"  4 15:25МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 Беларусга ютқазди  4 15:05Биласизми? "Насаф" ўз уйида шу пайтгача Саудия Арабистони клуби билан икки марта ўйнаган  2 14:43"Навбаҳор" футболчиси шартномани бир тарафлама бекор қилди. Клуб бир неча ойлик иш ҳақи бўйича қарздор  12 14:22Калмурза: "Реал"га қарши бутун мамлакат учун ўйнаймиз"  4 13:55"Бунёдкор" "Қўқон-1912" билан муроса кўчасини танлаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:25Бир ўйин тарихи. 2006 йилга қайтамиз. "Ал Ҳилол"нинг Қаршига биринчи ташрифи қандай якун топган?   10

Anvar Berdiev: "Bu yil Pro ligada o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Bu yil Pro ligada o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi"

Pro liga ikkinchi turidan o'rin olgan "Dinamo" va "Istiqlol" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng farg'onaliklar murabbiyi Anvar Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin juda qiyin bo'ldi. "Dinamo" o'tgan turda mag'lubiyatga uchragani uchun biz bilan o'yinda hujum qilishini va ko'proq oldinga chiqishini bilgandik. Bizga omad kulib boqdi desak ham bo'ladi. Bollarni g'alaba bilan tabriklayman. "Dinamo" jamoasiga ham yaxshi o'yin uchun rahmat aytib qolaman. Keyingi o'yinlarda ularga omad tilab qolaman.

Futbolda har doim har qanday holatga tayyor bo'lish kerak. Kubokda bu jamoaga yutqazganimizdan keyin "Dinamo" jamoasini o'yinlarini tahlil qildik. Bollarga kerakli ko'rsatmalarni berdik. Ular bergan ko'rsatmalarimizni to'liq bajarishdi. Menmcha, hozirda qaysi jamoa to'liq tayyor bo'lib maydonga tushsa g'alaba qozonishi mumkin.

Bu yil ham maqsadimiz o'zgarmagan. Superligaga chiqish va har bir o'yinda g'alaba qozonish. Ko'ryapsiz, bu yil Pro ligada o'tkinchi o'yinlar yo'q. Qiziqarli kurash kechmoqda. Superliga yo'llanmasi uchun barcha oxirigacha kurashdi.

"Istiqlol" jamoasi asosan himoyadan o'yin qiladi. Uyimizda o'tkazilgan kubok o'yinidan keyin "Dinamo"ni yaxshilab o'rganib chiqqandik. Bugungi o'yinga qo'llagan taktikamiz ish berdi deb o'ylayman",- deydi Anvar Berdiev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика