So’nggi yangiliklar

00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  0 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  2 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  12 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  3

Anvar Berdiev "Andijon"da qoladimi ? Yangiliklar

Anvar Berdiev "Andijon"da qoladimi ?

O'z vaqtida “Neftchi” jamoasining afsonaviy hujumchisi bo'lgan Anvar Berdievning bugungi taqdiriga ko'pchilik futbol muxlislari befarq emaslar.


Malumki, Berdiev “Neftchi”dagi faoliyatidan so'ng “Bunyodkor”da to'p surdi va yangi mavsum avvalida andijonliklar safiga borib qo'shildi. Baxtiyor Ashurmatov qo'l ostida yangi mavsumni boshlagan Anvar Berdiev birinchi davradan so'ng “Andijon” mashg'ulotlarida ko'rinish bermayapti. Tajribali hujumchining “Neftchi” safiga borib qo'shilishi haqidagi mish-mishlar avjiga chiqqan. Biz esa masalaga oydinlik kiritish maqsadila Anvar Berdiev bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'landik va bir qator savollarimizga javob olishga muvaffaq bo'ldik. – Ochig'i ayni paytda o'zimning shaxsiy ishlarim bilan bandman, - deb gap boshladi Anvar Berdiev. – Men bilan bog'liq barcha masala ochiq turibdi. Hammasi so'roq ostida. “Andijon” jamoasi bilan yil oxirigacha shartnomam bor. Jamoadan ketishim ham qolishim ham mumkin. Barchasi tez orada hal bo'ladi. Xozir sizlarga aniq javob bera olmayman", - dedi Anvar Berdiev “Ruxsor” radiosi muxbiri bilan suhbat chog'ida.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика