Antuan Grizmann: O'yin boshlanishi ahmoqona bo'ldi. Oblak - jahonning eng yaxshi darvozaboni
27 apr 2018 07:43
Yangiliklar
Antuan Grizmann: O'yin boshlanishi ahmoqona bo'ldi. Oblak - jahonning eng yaxshi darvozaboni
“Atletiko” azosi “Arsenal”ga qarshi o'yindan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“O'yin boshlanishi ahmoqona bo'ldi. Ko'p narsa sodir bo'ldi. Ammo biz hozirda javob o'yinidan avval yaxshi holatdamiz. Muxlislarimiz qo'llab quvvatlashini xohlaymiz, shunda bor kuchimizni bergan holda, finalga chiqishga harakat qilib ko'ramiz. Ayni damda Oblak — dunyoning eng yaxshi darvozaboni. Bu gap faqat u mening jamoadoshim bo'lgani uchun emas. SHunchaki uning amalga oshirayotga seyvlari hamda jamoaga keltirayotgan ochkolariga qarang”, — deydi Antuan.
Fikrlar