Antonio Konte Vest Xemdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
10 dek 2017 11:19
Yangiliklar
Antonio Konte Vest Xemdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
CHelsi bosh murabbiyi Antonio Konte Vest Xemga qarshi o'yindan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirdi.
«Mag'lub bo'lsang doim, xafsalang pir bo'ladi. Bu oddiy holat. Bugun «Manchester Siti» – «Vest Xem» uchrashuvini ko'rgandek bo'ldim.
Uchrashuvni yomon boshladik, biz charchagandek harakat qildik.
To'pni tezroq harakatlantirish lozim. Ko'plab vaziyatlar yaratib gol ura olmadik. Bu juda ham og'ir liga ekanligini unutmang.
Oltita top-jamoa bor, ularda to'rttasi ECHLga yo'l oladi. Kurashish va nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatishimiz lozim», – deydi Konte.
Fikrlar