Antonio Konte: "Nani borasidagi savollarni Juzeppe Marottaga bering"
30 dek 2013 20:00
Yangiliklar


Antonio Konte: "Nani borasidagi savollarni Juzeppe Marottaga bering"
"Yuventusa" jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte o'z jamoasiga portugaliyalik futbolchi qo'shilishi mumkinligi borasida to'xtalishni istamaydi.
– Nani? Men faqatgina murabbiyman. Bunday masalalarni hal etish uchun sport direktori Juzeppe Marotta bor, – deya Gazzetta dello Sport Konte so'zlaridan iqtibos keltirmoqda. –
Bu kabi savollarni aynan unga berish zarur. Men esa faqatgina o'z ishim to'g'risida bosh qotiraman. Ikki yil davomida amalga oshira olgan ishlarimizdan g'ururlanaman. Endi "Yuventus" xalqaro arenada zafar quchmoqchi. SHunday ekan Evropa Ligasida g'alaba qozonish – bizning maqsadlarimizdan biri.

Fikrlar