Antonio Konte "Inter"ni tark etadi(mi)?
03 avg 2020 00:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/584464_original.jpg)
![](/upload/storage/584464_220.jpg)
Antonio Konte "Inter"ni tark etadi(mi)?
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya klubini tark etishi mumkin.
Xabar berishlaricha, 51 yoshli mutaxassisning klub rahbariyati bilan munosabatlari buzilgan. Konte "Inter" rahbariyatini tanqid qilib, o'z o'yinchilarini himoya qila olmayotganlikda aybladi.
Yaqin kunlarda Konte "Inter" klubi bosh direktori Juzeppe Marotta bilan uchrashadi. Agar murabbiy klubning keyingi rejalaridan qoniqmasa, lavozimini tark etishi mumkin.
Antonio Konte "Inter" jamoasi boshqaruvini 2019 yilning yozida o'z qo'liga olgandi. Milan klubi uning boshchiligida 2019/2020 yilgi mavsum Italiya chempionatida "Yuventus"dan bir ochko ortda qolib, 2-o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar