Antonio Konte: “Bunday jamoaviy o'yindan so'ng kimnidir alohida ajratib ko'rsatish oson ish emas”
11 avg 2020 07:53
Yangiliklar
Antonio Konte: “Bunday jamoaviy o'yindan so'ng kimnidir alohida ajratib ko'rsatish oson ish emas”
“Inter” ustozi Antonio Konte Evropa Ligasi chorak finalida “Bayer Leverkuzen”ga qarshi bahsdan (2:1) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“O'yindan ko'nglim to'ldi. Boisi biz oldindan rejalashtirgandek — “Bayer”ga to'pga xotirjamlik bilan egalik qilish imkonini bermasdan o'ynadik. Murabbiy o'yinga sodiqlikni ko'rgan vaqtdagina o'zini baxtli his qiladi. Bunday jamoaviy o'yindan so'ng kimnidir ajratib ko'rsatish mushkul vazifa. Hammasi aniq, butun jamoa hujumchilarimiz uchun yaxshi vaziyatlarni yaratish uchun harakat qilmoqda. Hujumchilarimiz esa o'zini yaxshi tomondan ko'rsatish va gollar urishga intilmoqda”, — deydi Konte.
Fikrlar