Antonio Konte: "Bu o'yin Italiya futboli uchun ajoyib reklama bo'ladi"
13 mar 2014 16:51
Yangiliklar


Antonio Konte: "Bu o'yin Italiya futboli uchun ajoyib reklama bo'ladi"
Jamoamning jismoniy holati joyida. So'nggi paytlarda juda ko'plab o'yinlar o'tkazayotganimiz sabab, har o'yinda tarkibda o'zgarishlar amalga oshirishga to'g'ri kelmoqda. Men jamoamdagi barcha futbolchilarga ishonaman va qaysi futbolchi foyda keltira olsa, o'shani tarkibga kiritaman. Pol Pogba hozir ajoyib formada. U haqida yozilgan tanqidlar noo'rin. So'nggi bahsdagi uning harakatlarini ko'rib chiqdim va Pogba yaxshi uchrashuvni o'tkazganiga yana bir bor amin bo'ldim. "Fiorentina" juda yaxshi jamoa. Ular Evropa ligasida uzoqroqqa borishni rejalashtirishgan. Biz esa navbatdagi skudettoni qo'lga kiritmoqchimiz va albatta o'z maydonimizda kechadigan Evropa Ligasi finalida ishtirok etib, ushbu turnirda g'alaba qozonmoqchimiz. "Fiorentina" bilan bo'ladigan o'yin Italiya futboli uchun ajoyib reklama bo'ladi.

Fikrlar