Antonio Konte: “Birinchi golda qoida buzilganmidi? Yo'q”
04 fev 2017 23:15
Yangiliklar
Antonio Konte: “Birinchi golda qoida buzilganmidi? Yo'q”
“Bu juda muhim bahs edi. Men “Arsenal”ni chempionlik uchun kurash olib borayotgan 6 ta jamoadan biri sifatida bilaman va ular mavsum oxirigacha bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. Ularni 12 ochko ortda qoldirish biz uchun muhim edi.
To'rt kun ichida biz ikkita ajoyib klub bilan kuch sinashdik. O'ylaymanki, biz ko'rsatayotgan o'ynimiz bilan turnir jadvalida etakchilik qilishga loyiqmiz. Futbolchilarimdan mamnunman. Har bir mashg'ulotda ular o'zlarini yaxshi jihatlarini ko'rsatishmoqda va biz mavsum yakuniga qadar APLda g'olib chiqish uchun kurashishdan to'xtamaymiz.
Birinchi gol kiritilgan vaziyatda qo'pollik bo'lganmidi? Yo'q. Angliyada bunday vaziyatlar hech qachon qo'pollik hisoblanmaydi.
Azar har doim o'z saviyasini namoyish etmoqda. Bugun u to'p bilan yaxshi muomalada bo'ldi. To'psiz ham u maydonda katta ishni bajardi, himoyachilarga ham yordam berishga urindi”, deydi Konte.
Fikrlar