Antonio Konte: Angliyada 6-7ta klub chempionlik uchun kurashadi

Narzulla Saydullayev
27 noya 2016, 11:40
Chelsi ustozi Antonio Konte APL 13-turidan o'rin olgan Tottenxemga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.

Jamoaning o'tkazilgan goldan so'ng qilgan harakatlari menga maqul keldi. Katta hajmdagi ishni amalga oshirdik.

Ishlashda davom etishimiz kerak. Hozircha sovrin haqida gapirishga erta. Bu ligada bir yo'la 6-7 jamoa chempionlikka kurashadi. O'z kuchimizga bo'lgan ishonchni oshirish kerak, – deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bbc.com