Antoni Marsyal MYUning umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnashmayapti
11 dek 2018 23:10
Yangiliklar
Antoni Marsyal MYUning umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnashmayapti
Franciyalik hujumchi "qizil iblislar"ning mashg'ulotlarida ishtirok etmayapti.
Manchester Evening News nashrining xabar berishicha, Antoni Marsyal "Manchester Yunayted"ning umumiy mashg'ulotlarida yana qatnashmadi. Eslatib o'tamiz, 23 yoshli forvard "Arsenal"ga qarshi to'qnashuda jarohat olgandi. Uchrashuv tugaganidan so'ng, MYU bosh murabbiyi Joze Mourinyu bu jiddiy jarohat emasligini aytib o'tgandi.
Ammo, Marsyal "Fulhem" bilan bo'lgan bellashuv oldidan mashg'ulotlarda ishtirok etmadi va o'yin qaydnomasiga ham kiritilmadi.
Fikrlar