Antoni: "Haqiqat yuzaga chiqishi uchun policiya bilan hamkorlik qilamiz"
11 sen 2023 09:39
Yangiliklar
Antoni: "Haqiqat yuzaga chiqishi uchun policiya bilan hamkorlik qilamiz"
"Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Antoni zo'ravonlikda ayblanayotgani ortidan jamoa mashg'ulotlaridan chetlatilgani haqida fikrini bildirdi.
"Menga nisbatan qo'yilgan ayblovlar bilan shug'ullanish uchun malum vaqt tarkibda bo'lmasligim bo'yicha «Manchester Yunayted» bilan kelishib oldim. Bu klub bilan birgalikda o'zaro qabul qilingan qaror. Sababi jamoadoshlarimni chalg'itishni va klub atrofida ortiqcha gap-so'zlar paydo bo'lishini istamayman.
Menga nisbatan quyilgan ayblovlar asossiz, chunki aybsizman. Haqiqat yuzaga chiqishi uchun policiya bilan hamkorlik qilamiz. Jamoamning mashg'ulotlariga tezroq qaytishni intizorlik bilan kutyapman", - deydi Antoni.
MYU futbolchisining sobiq sevgilisi Gabriela Kavallin iyun oyida San-Paulu policiyasiga murojaat qilib, Antonining uydagi zo'ravonlik bilan bog'liq tahdid va jarohatlarda ayblagan edi.
Fikrlar