So’nggi yangiliklar

16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  5 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  10 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  6 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  3 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  8 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  27 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  1

Anton Valdemar Germaniya terma jamoasi safida Rossiyaga borishi mumkin Yangiliklar

Anton Valdemar Germaniya terma jamoasi safida Rossiyaga borishi mumkin

"Gannover" himoyachisi Valdemar Anton "Volfsburg"ga qarshi o'yinda mavsumdagi o'zining 18-uchrashuvini o'tkazdi.

Futbolchi 19ta o'yindan faqat bittasida o'ynamadi xolos. 16-turda Bremenda bo'lgan "Verder"ga qarshi bahsda maydonga tushmagandi. O'sha bahsda uning jamoasi 0:4 hisobida yutqazgandi. Endi Anton jamoa safida bu mavsum eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylanib oldi.

So'nggi turda Valdemar himoyadagi o'zgarishlar tufayli o'ng qanot himoyasida harakat qildi. Universallik – yosh futbolchining ustun jihatlaridan biri.

Germaniya matbuoti o'sib kelayotgan yosh himoyachini Per Mertezaker bilan taqqoslashda davom etmoqda. U ham faoliyatini "Gannover"da boshlagan, hozir esa "Arsenal"da o'ynamoqda.
"Per - superfutbolchi. U oddiy va aniq o'ynaydi, barcha uning nimaga erishganini barcha biladi. Albatta, undan ko'p narsa o'rganganman. U bilan taqqoslashlari meni xursand qiladi" – deydi Valdemar.

Germaniya nashrlari Antonni Germaniya terma jamoasi safida Rossiyaga borishi mumkin bo'lganlar qatorida tilga olmoqda. "Albatta, terma jamoada o'ynashni barcha xohlaydi, bu mening maqsadim. Ammo buning uchun yanada kuchli bo'lishim va o'z vaqtimni kutishim kerak" – deydi u.



"Kil" yarim himoyachisi Manuel Yancer jarohatini davolashni davom ettirmoqda. Noyabr oyi oxirida jarohatiga qaramay u klubi bilan 2019 yilga qadar shartnomasini uzaytirdi. "Jarohatiga qaramay Manuel doim biz uchun qanchalik muhim ekanligini isbotlab kelgan. U jangchi, har doim zarbaga tayyor. SHu sababli ham unga ishonamiz" – deydi klub sportdirektori Ralf Beker.

"SHartnomani uzaytirish menga bemalol va yangi kuch bilan jarohatimni davolash imkoniyatini beradi" – deydi Manuel.


Vladislav Goyxman

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика