Antirekordlar sari odimlayotgan "Arsenal"!
28 avg 2021 19:49
Yangiliklar
Antirekordlar sari odimlayotgan "Arsenal"!
Ushbu uchrashuvda "shaharliklar" 80,9, "kanonirlar" esa 19,1 foiz vaqt davomida to'pni ushlab tura oldi. Bahs davomida Arteta jamoasi raqib darvozasi tomon birorta aniq zarba bera olmadi. "Siti"da esa bu raqam 10ni tashkil qildi. Zarbalar bo'yicha umumiy hisob - 25:1.
Mezbonlar uchrashuvda 757 pas amalga oshirgan bo'lsa, mehmonlar 179 marta bu ishni amalga oshirdi holos.
Undan tashqari, "Arsenal" 67 yildan keyin ilk marta APLning dastlabki uch turida yuta olmadi. Bunga qadar shunday holat 1954/55 yilgi mavsumda sodir bo'lgandi. SHuningdek, 1953/54 yilgi mavsumdan buyon ilk marta jamoa dastlabki uch turda birorta gol urishni uddalamadi.
Ayni damda "Arsenal" APL turnir jadvalining so'nggi pog'onasini egallab turibdi. Kelasi turda londonliklar "Norvich"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar