Anri: “Ronaldu ajoyib o'yinchi, ammo “Oltin to'p”ni Riberiga bergan bo'lardim”
13 dek 2013 12:46
Yangiliklar


Anri: “Ronaldu ajoyib o'yinchi, ammo “Oltin to'p”ni Riberiga bergan bo'lardim”
“Barselona” klubining sobiq hujumchisi Teri Anri, madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning o'yinlariga yuqori baho berib o'tdi, deb xabar beradi ispan OAV.
Anri, Portugaliya terma jamoasi futbolchisining natijalaridan qoyil qolganini takidladi. Biroq shu bilan birgalikda u yilning eng yaxshi futbolchisi deb, “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Frank Riberi tanlagan bo'lishini aytdi.
“Ronaldu haqida ko'pchilik yaxshi fikrda. Uning o'yinlari va natijalarini yuqori baholashadi. Lekin bunday vaziyatlarda futbolchining natijalariga emas, jamoaviy o'yin ko'rsatganiga va statiskasiga etibor qaratish kerak. Riberi ham ajoyib o'yinchi, ammo u boshqacha uslubda o'ynashni yoqtiradi. U jamoaviy natija uchun harakat qiladigan o'yinchi va u bilan bitta jamoada o'ynash maroqli. SHu sababli ham “Oltin to'p” aynan Riberiga nasib etishini istardim”, - deya takidladi Anri.

Fikrlar