Anri PSJ muxlislarining Messiga qarata xushtak chalgani haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
4 iyun 2023, 11:33
Fransiya termasining sobiq futbolchisi Terri Anri PSJ muxlislarining Leo Messiga qarata xushtak chalgani haqida gapirdi.

"Leo 16+16 natijasiga ega bo'la turib, norozilikka uchragan futbol tarixidagi ilk futbolchi bo'lsa kerak. Nega xushtak chalyapsizlar? Axir u klub tarixiga kirdi", - dedi Anri.

Argentinalik futbolchi PSJdagi ikki mavsumida 75 o'yinda qatnashib, 32 gol va 35 assist qayd etdi. Yozda u jamoadan ketishini ma'lum qildi. Hozirda unga "Al Hilol", "Barselona" va "Inter Mayami"dan aniq takliflar bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal