Anri Mbappe bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi
15 avg 2022 22:21
Yangiliklar


Anri Mbappe bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi
Franciyalik sobiq futbolchi Terri Anri tanqidlarga uchragan hamyurtini qo'llab-quvvatladi.
Mbappe Liga 1 doirasidagi "Monpele"ga qarshi o'yindagi harakatlaridan keyin jamoadoshlari bilan kelishmovchilikda va haddan tashqari xudbinlikda ayblangandi.
"Albatta, Mbappe bu mavsumda hali o'zining yuqori darajasiga erisha olgani yo'q, lekin u hech kimga hech narsani isbotlashi shart emas. Murabbiy Messi, Neymar va Mbappeni jipslashtirishning yo'lini topishi kerak.
PSJ uchun mojarolar va boshqa shunga o'xshash vaziyatlar normal holat. Jamoa 5:2 hisobida g'alaba qozondi, lekin hamma Mbappening nojo'ya ishlari haqida gapirmoqda. O'tgan yili shunday holat Neymar bilan sodir bo'lgandi. PSJdek jamoadek bunday voqealar sodir bo'lishi tabiiy", - dedi Anri.
O’xshash yangiliklar
17:54
Anri Bellingemning so'kinishi haqida: "Kim bo'lishingdan qatiy nazar, bunday deyishga haqqing yo'q" 10

Fikrlar