

"Jiru Venger uchun "B reja" bo'lishi mumkin, ammo u zaxirada o'tirishga rozi bo'larmikan. Olive "Arsenal"ga Angliya chempioni bo'lishga yordam bera oladi. O'z vaqtida "Manchester Yunayted"da Sulsher va Sheringem, "Manchester Siti"da Jeko, bizning "Arsenal"da esa - Viltor bo'lgan. Asosiy muammo, Jiru bunga rozi bo'ladimi?
Venger hozir Aleksisni asosiy tarkibda tushirishni maqul ko'rmoqda. Chililik o'z ishini yaxshi bajaryapti. Jiru bosh bilan juda yaxshi o'ynaydi va bu Vengerga turli taktikalarni qo'llab ko'rishga imkon beradi. Bu bosh murabbiy uchun juda yaxshi" - deydi Anri.



