Angoladagi stadionda 17 odam vafot etdi

Narzulla Saydullayev
11 fev 2017, 08:01
Angolaning Uije shahridagi stadionda fojea ro'y berdi.

Santa Rita va Rekreativo klublari o'rtasidagi o'yinda muxlislar tartibsizlik keltirib chiqarishdi. Natijada 76 kishi tan-jarohat oldi, 17 nafar inson vafot etdi. 5 kishi og'ir jarohat tufayli shifoxonada og'ir ahvolda yotibdi.

Ushbu voqea sodir bo'lgach bahs to'xtatildi, o'sha paytda mehmonlar 1:0 hisobida oldinda edilar.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: AP