So’nggi yangiliklar

03:03Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Боруссия"ни мағлуб этиб, ярим финалга чиқди, финал йўлидаги рақиб — ПСЖ  17 01:50"Арсенал" ва Мадуэке шартнома борасида келишиб олди. "Челси" билан музокаралар яқин кунларда бошланади  2 01:02Максим Шацких: "Афсуски, баъзи футболчиларимиз бундай даражадаги ўйинга тайёр эмас"  7 00:41"Челси" "Реал" ҳужумчиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  3 00:15Илёс Зейтуллаев: "Мен мураббийман, футболчининг шартнома масаласини клуб ҳал қилади"  0 23:41Асрор Алиқулов: "Иккинчи тайм учун йигитларга раҳмат айтаман"  1 23:22Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврада ўзимизни кўрсатиб, аввалги мақомимизга қайтмасак бўлмайди"  1 23:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ тўққиз киши бўлиб "Бавария"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  162 22:50Аёллар. Ўзбекистон терма жамоаси Непални пенальтилар сериясида мағлуб этиб, 23 йиллик танаффусдан сўнг Осиё чемпионатига чиқди  4 22:10Качоррининг дубли "Бунёдкор"га "Андижон" устидан ғалаба тақдим этди  44 21:55Суперлига. ОКМК "Машъал" майдонида қийинчилик билан ғалаба қозонди  4 20:29"Челси" 48,5 млн фунтлик трансферни эълон қилди  6 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  5 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  2 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4

Angliyaning "Flitvud Taun" klubi vakillari Toshkentda (FOTOGALEREYA) Yangiliklar

Angliyaning "Flitvud Taun" klubi vakillari Toshkentda (FOTOGALEREYA)

Xabar berib o'tganimizdek, Angliyaning birinchi divizionida to'p surayotgan "Flitvud Taun" klubi vakillari "Lokomotiv" futbol klubi bilan rasmiy hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida Toshkentga tashrif buyurishdi.
"Flitvud Taun" klubi Bosh direktori Stiv Kurvuud hamda jamoaning sport direktori Gretar Steynson "Kickworldwide" kompaniyasi vakili Stiv Bellis hamrohligida 29 iyun kuni dastlab "Lokomotiv" stadioniga tashrif buyurdilar. Ularni stadionga kiraverishda "Lokomotiv" futbol klubi prezidenti Ravshan Ikromov, Bosh direktor Zokir Seydullaev, Bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov, sport direktori Ravshan Muqimov hamda jamoa boshlig'i Qobil Yunusovlar kutib olishdi.

Mehmonlar dastlab klub strukturasi bilan yaqindan tanishishdi hamda "Lokomotiv"ning asosiy stadionini ko'zdan kechirishdi. Ularga bu erda yaratilgan shart-sharoitlar juda maqul keldi. "Flitvud Taun" Bosh direktori Stiv Kurvuudning aytishicha, stadion katta hududni egallagan va u bundan hayratda qolgan. Angliyalik mehmonlar stadionni ko'zdan kechirgach, futbolchilarimiz yotadigan jamoa bazasiga yo'l olishdi.

Ularga bazadagi sharoitlar ham maqul keldi. Dastlab basseynni ko'zdan kechirishdi, keyin sport zalga kirishdi, undan keyin esa trenajyor zaliga. "Lokomotiv" futbol klubi prezidenti Ravshan Xursanovich Ikromov yo'l-yo'lakay klubimiz haqidagi malumotlar bilan mehmonlarni tanishtirib bordi. "Flitvud Taun" vakillari bazani to'liq ko'zdan kechirgach, keyin O'FF binosi tomon yo'l olishdi. O'FF binosining anjumanlar zalida "Flitvud Taun" Bosh direktori Stiv Kurvuud, sport direktori Gretar Steynson hamda "Lokomotiv" PFK Bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov ishtirokida jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil qilindi. Matbuot anjumanini "Lokomotiv" PFK marketing bo'limi boshlig'i Davron Azizov olib bordi.

Aynan shu anjuman davomida mehmonlar tashrifdan ko'zlangan maqsadni keng ommaga oshkor qilishdi. Maqsad shuki, har ikkala klub o'rtasidagi hamkorlikni yo'lga qo'yib, shu orqali o'zbek futboli rivojiga oz bo'lsa-da o'z hissamizni qo'shish. Rejaga muvofiq "Flitvud Taun" vakillari "Lokomotiv" futbol maktabida tahsil olayotgan yoshlarni ko'zdan kechirishadi va kimning o'yini ularga maqul kelsa, olti oylik futbol kurslarida qatnashishi uchun Angliyaga olib ketishadi. Natijada futbolchi u erdan mahoratini orttirgan holda qaytadi.

Matbuot anjumani yakunida Zokir aka Seydullaev va To'labek Akramov mehmonlarga o'zimizning milliy to'nimizni kiydirib, ehtirom ko'rsatishdi. SHundan so'ng hamma birgalikda zamonaviy va hashamatli "Bunyodkor" stadioniga yo'l oldi. Mehmonlar u erda "Bunyodkor" muzeyi hamda stadionini ko'zdan kechirishdi. Xabaringiz bor, 1 iyul kuni oliy liganing 15-tur doirasida "Lokomotiv" o'z maydonida Namanganning "Navbahor" jamoasini qabul qiladi. TTYMI stadionida bo'lib o'tadigan mazkur bahsni ko'pchilik qatori angliyalik mehmonlar ham kuzatishadi. 2 iyul kuni esa "Do'stlik" stadionida "Lokomotiv" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hamda birinchi liga vakili "Lokomotiv-BFK" o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi tashkil qilinadi. Mana shu o'yindan so'ng mehmonlar o'zlariga yoqib qolgan ikki nafar futbolchi nomini aytishadi.

"Lokomotiv" futbol klubi matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика