Angliyaning 5 karra chempioni, "Manchester Siti" sobiq sardori faoliyatini tugatganini elon qildi
21 noy 2025 12:06
Yangiliklar
Angliyaning 5 karra chempioni, "Manchester Siti" sobiq sardori faoliyatini tugatganini elon qildi
"Manchester Siti" va Braziliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Fernandino professional futboldan ketayotgani haqida xabar berdi.
U hozir 40 yoshda.
"Bugun xayriya o'yinida atigi 30 daqiqa yugurganimdan keyin charchadim. Futbolda meni rag'batlantiradigan boshqa hech narsa yo'q, chunki men unda allaqachon juda ko'p narsalarga erishdim. Men qo'limdan kelgan barcha ishni qildim. Endi oilam bilan vaqt o'tkazishim kerak", – dedi Fernandino.

Fernandino "Manchester Siti" bilan Angliya Premer-ligasida 5 marta zafar quchgan. "Shaxtyor" bilan olti marta Ukraina chempionligini qo'lga kiritgan, shuningdek, UEFA Kubogi (hozirgi Evropa Ligasi)da g'olib chiqqan. Braziliya terma jamoasi bilan Kopa Amerikani yutgan.
Futbolchi "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 383 o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urgan va 32 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar