Angliyaliklar Evro-2020 finalini qayta o'tkazishni talab qilishmoqda
13 iyu 2021 22:18
Yangiliklar
Angliyaliklar Evro-2020 finalini qayta o'tkazishni talab qilishmoqda
100 mingdan oshiq inson Italiya va Angliya o'rtasidagi Evro-2020 finali (1:1, penaltilar bo'yicha – 3:2)ni qayta o'tkazish talabi bilan Change.org saytida peticiyaga imzo chekdi.
"O'yin mutlaqo adolatsiz o'tdi. Italiya terma jamoasi futbolchilari angliyalik futbolchilarga nisbatan quldek munosabatda bo'lgan bo'lsalar-da, qizil kartochka olishmadi. Bunday xatti-harakatlardan keyin ularga g'alaba qozonishga qanday ruxsat berildi? Hakamlar noxolis bo'lishdi. Italiyaliklar chetlatilishga loyiq edilar, shuning uchun uchrashuv halol hakam bilan qaty o'ynalashi kerak ", – deyiladi peticiya matnida.
Eslatib o'tamiz, Angliya tarixda ilk bor Evropa chempionati finalida o'ynadi. Bahsda Angliya o'yin boshida hisobni ochdi, ammo ikkinchi bo'limda Italiya muvozanatni tikladi va penaltilar seriyasida g'alabaga erishdi.
Fikrlar