Angliyadagi futbol klubi o'yinchilari o'z ismlarini Maradona, Pele va Zidan deb o'zgartirib chiqishdi
14 avg 2013 16:07
Yangiliklar


Angliyadagi futbol klubi o'yinchilari o'z ismlarini Maradona, Pele va Zidan deb o'zgartirib chiqishdi
Futbolchilar va murabbiylardan ismlarini o'zgartirishni, moliyaviy yordam ko'rsatish evaziga, Paddy Power bukmekerlik kompaniyasi talab qilgan. Farnboro og'ir ahvolda edi va Paddy Power amalda klubni bankrotlikdan saqlab qoldi.
Avvalgi ismi Spenser Dey bo'lgan Farnboro bosh murabbiyini endi Joze Mourinyu deb chaqirishadi. Murabbiylar shtabi azolaridan biri esa o'ziga Aleks Fergyuson degan nom olgan.
Endi Farnboro tarkibida Gordon Benks, himoyachilar Lotar Matteus, Roberto Karlos, Paolo Maldini, Alan Xansen, Kafu, Jon Terri va Franc Bekkenbauer, yarim himoyachilar Pol Gaskoyn, Jorj Best, Zayniddin Zidan va Yoxan Kroyff, shuningdek, hujumchilar Lionel Messi, Diego Maradona, Pele va Gari Lineker kabi ismli o'yinchilar bor.
Bosh murabbiyi Mourinyuning takidlashicha, endi uning jamoasi tarkib borasida futbol tarixidagi istalgan jamoadan bir necha marta kuchli. Mourinyuning qo'shimcha qilishicha, 10 raqam kimga nasib etishi masalasida Maradona bilan Pele sal qolsa mushtlashib ketishgan (oxir-oqibat, 10-raqam Maradonaga nasib etgan).
Farnboro futbol klubi 1967 yildan 2007 yilga qadar Farnboro Taun deb atalgan. 2007 yili klub bankrotlikka uchrab, tugatilgan. Uning o'rniga esa yangi nom bilan yangi jamoa tashkil etilgan. 2012/2013 yilgi mavsumda Farnboro Janubiy konferenciyada 13-o'rinni egallagan.
The Irish Times gazetasining qayd etishicha, Buyuk Britaniyada 10 funt-sterling evaziga ismni o'zgartirish mumkin. Biroq, ushbu jarayonga rozi bo'lgan shaxs kelajakda o'zining avvalgi ismidan foydalanishdan butkul voz kechishi haqidagi hujjatga imzo chekadi.

Fikrlar