Angliyada futbolchilarning uylarini tunashmoqda. Arteta esa xavfsizlikning yo'lini topdi
05 avg 2020 14:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/584792_original.jpg)
![](/upload/storage/584792_220.jpg)
Angliyada futbolchilarning uylarini tunashmoqda. Arteta esa xavfsizlikning yo'lini topdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta endi o'zini xavfsizlikda his qiladi.
Endi maxsus it Mikel Artetaning xotirjamligi uchun javobgardir. Golland ovcharkasi mutaxassisga 20 ming funtga tushdi.
Angliyada futbol yulduzlarining uylarini tunab ketishlar ko'p sodir bo'lmoqda. Bundan oldin bir necha futbolchilar jiddiy hujumlarga uchrashgan. "Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alli hatto o'g'rilar uyga kirishganda ham ichkarida edi.
APLdagi yulduz o'yinchilar allaqachon shunga o'xshash itlar xarid qilishgan. Pol Pogba va Markus Reshfordda ham maxsus itlar bor.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar