Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi
30 noy 2023 11:39
Yangiliklar
Himoyachi Fil Yagelka faoliyatiga yakun yasaganini elon qildi.
"Barcha yaxshi narsalar o'z nihoyasiga etishi kerak va 800 tadan sal ko'proq o'yindan so'ng mening futbolchilik faoliyatim tugadi", – deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.
Yagelka "SHeffild Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati mobaynida "Everton" va "Derbi Kaunti" klublarida ham harakat qilgan.
41 yoshli markaziy himoyachining so'nggi klubi "Stok Siti" bo'lib, u erdan yozda ketgandi. Futbolchi Angliya terma jamoasi safida 40 ta o'yinda maydonga tushgan.
Yagelka "SHeffild"da 3 marta va "Everton"da 2 marta mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Fikrlar