Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi baxtsiz hodisaga uchradi
13 sen 2022 07:50
Yangiliklar
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi baxtsiz hodisaga uchradi
Angliya termasi sobiq hujumchisi Endi Kerroll avtofalokatga yo'liqdi, deb xabar beradi "The Sun".
Manbaga ko'ra, futbolchi Mercedes GLS yo'ltanlamas mashinasini boshqarib ketayotib Ford Fiesta avtomobiliga borib urilgan, u zarba natijasida 27 metr nariga surilib ketgan. Hodisa oqibatida Ford yo'lovchilaridan biri shifoxonaga etkazilgan. Kerroll ham engil jarohatlar olgan, biroq to'qnashuvdan so'ng u darhol jabrlanuvchilarning ahvolini bilish uchun darhol Ford tomon oshiqqan.
33 yoshli Kerroll hozirda erkin agent hisoblanadi. U avvalroq "Nyukasl", "Preston", "Liverpul", "Vest Xem", yana "Nyukasl", "Reding" va "Vest Bromvich" klublarida o'ynagan. U Angliya termasi safida 9 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.
Fikrlar