Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi "Everton" a'zosiga aylandi

Sherzod Nurmatov
2 iyul 2022, 19:23
Jeyms Tarkovski faoliyatini "Everton"da davom ettiradi.

29 yoshli futbolchi "Byornli" bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agent sifatida Liverpul klubiga o'tdi.

U 4 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Himoyachi o'tgan mavsumda "Byornli" safida 37 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani qayd etdi. Shuningdek, 12 ta sariq kartochka oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: evertonfc.com