Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Evro-2020 favoritlarini aytdi
18 noy 2019 15:37
Yangiliklar


Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Evro-2020 favoritlarini aytdi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Evro-2020 haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, futbol vatani vakillari 24 ochkolik imkoniyatdan 21 ochko jamg'argan holda guruhda birinchi o'rinni egallashdi.
"Bizning guruhimizda top-10dan jamoa yo'q edi, shu sababdan biz jiddiy jamoalarga qanday o'ynashimizni bilmayman.
Evropa chempionatini yutish Jahon chempionatini yutish kabi qiyindir. So'nggi JCH yarim finalida faqat Evropa jamoalari bo'lishgan edi. Aynan ular (Franciya, Belgiya, Angliya, Xorvatiya) Evro-2020 favoritlari hisoblanishadi. Ularning orqasidan Italiya, Ispaniya va Germaniyalarni ham qo'shib qo'ysak bo'ladi. Evro-2020 juda raqobatdosh bo'ladi", - deydi Sautgeyt.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar