Angliya terma jamoasi bosh murabbiy yordamchisi Rossiyaga qarshi hujum rejasini o'zi bilmagan holda oshkor qildi
08 iyu 2016 10:57
Yangiliklar
Angliya terma jamoasi bosh murabbiy yordamchisi Rossiyaga qarshi hujum rejasini o'zi bilmagan holda oshkor qildi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojsonning assistenti Rey Levington Rossiyaga qarshi Evro-2016 guruh bosqichi bahsidagi rejani o'zi bilmagan holda oshkor qildi.
Fotograflarning biri Levingtonni qo'lidagi rejasini suratga olishga muvaffaq bo'ldi. Unda Angliya terma jamoasi hujum chizig'ida Garri Keyn - Dele Alli - Ueyn Runi o'ynashi ko'rsatilgan edi.
Oldinroq Xojson terma jamoaning mashg'ulot maydoni atrofiga maxsus himoya ekranlarini o'rnattirgan edi. Bundan tashqari, futbolchilarga mashg'ulot jarayoni haqida gapirishi mumkin emas.
Fikrlar