
Ikkala nominaciya bo'yicha sovrinlarni "Sautgempton" qo'lga kiritdi.
Sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi italiyalik Graciano Pelle bo'ldi. U o'z jamoasining uchta uchrashuvida uchta gol urdi va bitta golli pas berdi.
Bu mavsumda "Sautgempton" bosh murabbiyiga aylangan Ronald Kuman oy ustozi bo'ldi. Jamoa uning qo'l ostida sentyabrdagi barcha uchta uchrashuvda g'alaba qozondi.