Angliya policiyasi Reshfordni tvitterda haqorat qilgan bolalar murabbiyini ushladi
14 iyu 2021 01:15
Yangiliklar
Angliya policiyasi Reshfordni tvitterda haqorat qilgan bolalar murabbiyini ushladi
Britaniya policiyasi Markus Reshfordni ijtimoiy tarmoqda irqiy kamsitganlardan birini ushladi.
Eng qizig'i, qo'lga olingan shaxs 50 yoshli, bolalar futboli murabbiyi bo'lib chiqdi. Pouik shaharchasidan bo'lgan murabbiy tvitter orqali Markus Reshfordni irqiy kamsitishlar bilan haqorat qilgan. Erkak bu xabarlarni u yozmagani, uning akkaunti xakerlar hujumiga uchraganini takidlamoqda.
Eslatib o'tamiz, shu kunlarda Evro-2020 final o'yini doirasida, penaltilar seriyasida xatoga yo'l qo'ygan Saka, Reshford va Sancho kabi o'yinchilarni ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy ravishda irqiy kamsitish holatlari yuz berayotgandi. Policiya esa ushbu holatlarga ayovsiz kurashishga vada berdi.
Fikrlar