So’nggi yangiliklar

10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  3 10:24Мусиала операция қилинди  3 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  7 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1

Angliya Liga Kubogi. "Old Trafford"da g'alabaga erishgan "Manchester Siti" finalga yo'l oldi Yangiliklar

Angliya Liga Kubogi. "Old Trafford"da g'alabaga erishgan "Manchester Siti" finalga yo'l oldi

Angliya LKning ikkinchi yarim finali matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Yunayted – Manchester Siti 0:2

"Old Trafford"

Gol: Stounz (50, 0:1), Fernandino (83, 0:2).

Manchester Yunayted – Xenderson, Uan-Bissaka, Lindelef, SHou, Maguayr, Pogba, Fred (van de Bek, 87), Maktomini (Grinvud, 75), Brunu Fernandesh, Reshford, Marsyal.

Manchester Siti – Steffen, Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu, Zinchenko, Gyundogan, Fernandino, Marez, de Bryuyne, Sterling, Foden.

Ogohlantirish: Fernandino (48), Fred (69), Joau Kanselu (78).

Manchester United

EFL Cup . Semi Finals-tur

07/01/2021, 00:45

2
:
0
Tugadi

Manchester City

John Stones - 50', Fernandinho - 83'

Stadion: Old Trafford, 0 tomoshabin

45'
90'
69'  Fred
75'  Scott McTominay (Mason Greenwood)
88'  Fred (Donny van de Beek)
90'  Luke Shaw
48'  Fernandinho
50'  John Stones
78'  Joao Cancelo
79'  Riyad Mahrez (Rodri)
83'  Fernandinho

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Manchester Yunayted" ketma-ket ikkinchi mavsum ham yarim finalda to'xtamoqda, "Siti" esa ketma-ket to'rtinchi yilda ham turnir finaliga chiqdi!

90+3. UXXXXX!!! Marsyalning zarbasini Diash qaytarib yubordi.

O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi.

87. Fred o'rniga van de Bek maydonga tushmoqda. Hechdan ko'ra kech deganlaridek(

83. GOOOOOOOOOOLLLLL!! Fernandino himoyachilardan qaytgan to'pni darvozaga kiritdi!

82. Yana Maguayr) Qanotdan oshirilgan to'pni agarda Xarri autga chiqarib yubormaganida gol bo'lishi aniq edi.

78. Reshfordga qarshi juda qo'pol o'ynagani uchun Kanselu ogohlantirildi.

75. Mezbonlar raqib darvozasi yonida juda katta bosim uyushtirmoqda.

72. ZARBAAAAAAA!! Pogbaning pasidan keyin Fernandesh yaqin masofadan noaniq zarba yo'lladi.

69. MYU muxlislari bugun Maguayrga rahmat aytib qo'yishlari kerak. U bo'lmaganida hisob 0:1 emas, kamida 0:4 bo'lardi...

66. Brunu hujumdagi Marsyal tomon to'pni havolatib uzatdi. Steffen to'pni ushlab oldi.

64. UXXXXX!! Fernandeshning burchakdan oshirgan to'piga Maguayr boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

62. XENDERSONNNNN!! Maxrezning kuchli zarbasini Xenderson qaytardi!!! Super seyv!!!

59. UXXXXXXX!! SHouning qanotdan oshirgan to'piga Marsyal raqib posti yonida noaniq zarba yo'lladi.

57. ZARBAAAAAAAAAA!!! Sterlingning boshi bilan yo'llagan zarbasini Xenderson qiyinchilik bilan qaytardi!

53. UXXXXX!! Kanseluning zarbasiga aniqlik etishmadi!

50. GOOOOOOOOOOOLLLL!!! Stounz hisobni ochdi!

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga qaytishmoqda!

Tanaffus!

45+1. MAGUAYRRRRR!!! De Bruyne gol urishga tayyor turgandi. Angliyalik himoyachidan navbatdagi ajoyib blok!

44. UXXXX!! Maguayr "Siti"ning xavfli hujumini qaytarib qoldi.

40. "Siti" hujumga o'tdi. "Yunayted" ayni damda himoyalanish bilan band.

35. Maktominining zarbasi noaniq ketdi

30. "Yunayted"dan tezkor hujum. Reshford Marsyalga to'p uzatdi. Antoni to'pni Brunu tomon o'tkazib yubordi. Himoyachilar esa to'pni tepib yuborishdi.

26. UXXXXXXXX!!! Maguayrning boshi bilan bergan zarbasi biroz o'xshamadi.

24. GOOOOOOOOOLLLL!!!! YO'O'O'O'O'QQQQQQ!!! Fodenning goli offsayd tufayli inobatga olinmayapti. Hisob 1:2 bo'lishi kerak edi)

20. "Yunayted"ning hujumi Marsyalning offsaydda qolib ketgani sababli to'xtadi.

15. XAVFLI VAZIYAT!!!  De Bruynening qanotdan markazga oshirgan to'pini Maguayr qiyinchilik bilan chekkaga tepib yubordi.

13. ZARBAAAAAAAA!!!! UXXXXXXXX!!! De Bruynening kuchli zarbasini Xenderson qo'riqlayotgan darvoza to'sini qaytardi! 

11. "Siti"dan xavfli hujum. Gyundoganning Foden tomon uzatgan to'pini Lindelof qaytardi.

9. ZARBAAAAAAA!!! "Siti"ning himoyasidagi xatosidan keyin Fernandesh ajoyib zarba yo'lladi. Steffendan super seyv!

5. GOOOOOLL!!! YO'O'O'O'QQQQ!!! Gyundoganning goli ham offsayd sababli inobatga olinmadi.

3. GOOOLLL!! YO'O'QQQQ!!! Reshfordning zarbasini Steffens qaytargandi. Qaytgan to'p esa Stounzga tegib, darvozaga kirib ketdi. Biroq bu pallada offsayd qayd etildi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Futbolchilar bir daqiqalik sukut bilan o'yinni boshlashadi.

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Old Trafford"dagi Manchester derbisiga qaratamiz. Bugun ikki jamoa Angliya Liga Kubogi finaliga chiqish uchun urinib ko'radi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика