So’nggi yangiliklar

16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  0 16:12"Арсенал" футболчисини "Крузейро"га сотди  0 15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  2 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  2 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  25 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  4 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  2 13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  1 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  5 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  7 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  22 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  0 11:20Қосимовнинг жарима зарбалари, Аҳмедовнинг суперголи ва "Бунёдкор"даги 5:1. Ўзбекистон ва Қатар терма жамоаларининг ўзаро ўйинлар тарихи  5 10:57“Бавария“ ПСЖ юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0

Angliya liga kubogi. "Etixad"dagi g'alaba "Yunayted"ning finalga chiqishiga kamlik qildi Yangiliklar

Angliya liga kubogi. "Etixad"dagi g'alaba "Yunayted"ning finalga chiqishiga kamlik qildi

Angliya liga kubogi 2-yarim finalining javob uchrashuvi "Etixad" stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring:

Manchester Siti – Manchester Yunayted 0:1

30 yanvar, 00.45, «Etixad Stedium»

Gol: Matich (36)

Manchester Siti – Bravo, Uoker, Otamendi, Joau Kanselu, Rodri Ernandes, Bernardu Silva, Gyundogan, Marez (Silva, 68), de Bryuyne (Stounz, 90), Sterling, Aguero (Jezus, 90+4).

Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, SHou (Mata, 79), Maguayr, Uilyams, Lingard (Pereyra, 66), Matich, Marsyal, Fred, Lindelef, Grinvud.

Ogohlantirish: Matich (51), Otamendi (87).

CHetlatish: Matich (76).

Manchester City

EFL Cup . 1/2-tur

30/01/2020, 00:45

1
:
0
Tugadi

Manchester United

Nemanja Matic - 35'

Stadion: Etihad Stadium

45'
90'
57'  Rodri
68'  Riyad Mahrez (David Silva)
87'  Nicolas Otamendi
90'  Kevin De Bruyne (John Stones)
90'  Sergio Aguero (Gabriel Jesus)
35'  Nemanja Matic
46'  Mason Greenwood (Daniel James)
51'  Nemanja Matic
65'  Jesse Lingard (Andreas Pereira)
76'  Nemanja Matic
79'  Luke Shaw (Juan Mata)
90'  Aaron Wan-Bissaka

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI. Endi bir savol bizni qiynamoqda. Manchesterning egalari kimlar? "Yunayted" yoki "Siti"?

90+3. O'yin yakuni arafasida shuni aytib qo'yish kerak. De Xea bugun superfantastik o'yin ko'rsatdi. Aks holda bugun "Siti"dan yirik hisobdagi g'alabani ko'rardik.

90+2. MYU katta etiborini hujumga qaratmoqda. Katta tavakkalga qo'l urilmoqda.

90. ZARBAAAAAAAAA!!!!!! Bernarduning zarbasini De Xea qaytardi. Biroq bu pallada Mata autni noto'g'ri otgani bois hushtak chalindi va vaziyat ortga qaytarildi.

87. YO'Q!! Fred qulay imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. Jarimadan uning yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.

86. XAVFLIIII!!! Otamendi o'z jarima maydonchasi yaqinida raqibini yiqitdi, MYUda qulay imkoniyat!

84. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!!! YO'O'O'O'O'O'O'O'O'O'O'O'O'QQQQQQQ!!! Agueroning goli offsayd sababli inobatga olinmadi. VAR ham buni tasdiqladi.

83. "Siti"da juda ko'p paslar. Biroq befoyda paslar juda ko'p.

78. "Siti" o'z bosimini davom ettirmoqda. Ilkayning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

76. QIZIILLLLLL!!!! Matich qizil oldi!!! U tezkor qarshi hujumga o'tayotgan "Siti" futbolchisi Gyundoganni yiqitdi. MYU qiyin holatda qolib ketmoqda!

74. ZARBAAAAAAAA!!! Agueroning zarbasi darvoza to'rining tashqi tomoniga tegdi.

73. UXXXXXXXXXXXXX!!!! 80 millionlik Maguayr sal qoldi golni olib kelib qo'yishiga. Pas berishda u kechikdi. Keyinchalik to'p Rodriga oshirildi. Maguayr tog'dek qalqon kabi chiqib, to'pni olib qo'ydi.

71. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA!!!! Uokerning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasini De Xea qiyinchilik bilan qaytardi.

69. Lindelof to'pni burchakka chiqarib yubordi. Burchak zarbalari bo'yicha hisob 7:0.

65. MYU tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Fredning to'p uzatishidan keyin Marsyal to'pni darvoza deb o'ylab, tribunaga qarab tepdi.

63. Bernardu MYU jarima maydonchasi ichida paydo bo'ldi. Lindelof esa futbol tili bilan aytganda "raqibni olib chiqib tashladi".

61. Ko'z ulgurmayapti vaziyatlarni kuzatishga. Ketma-ket to'p yo'qotishlar. Nimalardir bo'lyapti maydonda. Hullas ko'rmagan armonda qoladi

58. )))))))))) To'g'risi, juda kulgili vaziyat! Sterling butun bir MYUni aldab o'tdi. De Xeaning o'zi 3-4 marta ortda qoldirildi. Biroq yakuniy zarbaaaa...... Menimcha Sterlingga tribunadagi muxlis yoqmagan chog'i)

AYTGANCHA! ANGLIYA LIGA KUBOGIDA SAFARDAGI GOL QOIDASI YO'Q. AGARDA "YUNAYTED" ISTALGAN 2 TO'P FARQI BILAN O'YINNI YAKUNLASA, PENALTILAR SERIYASIGA MUROJAAT ETILADI.

56. "Siti" bugun "Siti" emas. Ko'plab paslar noaniq, to'pni to'xtatishlar ham o'xshamayapti. "Yunayted"da esa chiroyli o'yin.

55. Marsyalning chap oyoqda yo'llagan sekingina zarbasini Bravo ushlab oldi. Aslida bu zarbani istalgan odam ushlab olishi mumkin)

54. Rodrining uzatgan pasi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.

53. Matich bu safar Agueroni qupollik bilan qarshi oldi. "Siti" jarima zarbasiga ega.

49. ZARBAAAAAAAAAAAAAA!!!!!!! Fredning jarimadan uzatgan pasiga Maguayr boshi bilan xavfli zarba berdi!!! To'p darvozaning ustidan o'tib ketdi.

48. Jeyms yiqitildi. Xavfli jarima zarbasi. MYUda yaxshi imkoniyat!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+2. UXXXXX!!! Lindelof to'pni posbonga oshirishda xatolikka yo'l qo'ydi. Natijada Aguero De Xea bilan birga bir holatga chiqib ketishi mumkin edi. Ammo De Xea to'pga peshvoz chiqdi va xavfni bartaraf etdi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Tribunada Reshford, Lyaport, MakTominey kabi futbolchilarni ko'rishimiz mumkin.

42. GOOOOOOOOLLLLLL!!!! YO'O'O'O'O'O'O'O'QQQQQQQ!!!! De Bryuynening zargarona uzatgan to'piga Sterling zarba berib, hisobni tenglashtirgandi. Biroq bu erda 100 foizlik offsayd bor edi. Gol inobatga olinmadi.

41. Bernardu Silvaning o'ng qanotdan erlatib raqib posti tomon uzatgan to'piga hech kim zarba bermadi. To'p darvozaning oldidan yumalab chiqib ketdi.

39. De Bryuyne bir necha himoyachilarni aldab o'tib, raqib jarima maydonchasi ichiga xuddi o'z uyidagidek kirib borayotgandi. SHunda Maguayr uning yo'lidan chiqdi va: "To'xta, qaerga?", dedi-da to'pni olib qo'ydi.

38. Bugun Rodri markaziy himoyachi rolida. Umuman olganda yomon emas uning harakatlari

36. GOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Matich jarimadan uzatilgan to'pga kuchli zarba berib, hisobni ochdi, 0:1!!!!

35. Lingard avvaliga Maxrez, keyin esa Rodrining "ochko"sidan to'pni olib ketdi. Rodri esa Lingardni "chopdi". Jarima zarbasi.

34. Bugun "Yunayted" bosimsiz chiroyli o'yin ko'rsatmoqda. O'tgan o'yindagi MYUdan asar ham yo'q.

31. David de Xeaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Futbolchi to'pni ushlashga chiqqanida Otamendi bilan to'qnashib ketdi va jarohat oldi.

30. Ajoyib!!!!! Agueroning pasidan keyin Sterling MYU posboni bilan birga bir vaziyatga chiqib borayotgandi. Ammo Maguayr o'zining podkati bilan vaziyatni bartaraf etdi.

29. Penaltiga tortadigan vaziyat bo'ldi hozir. Fredning jarimadan uzatgan pasiga Matich boshi bilan zarba bermoqchi bo'lgandi. Ammo uni Rodri hamda Otamendi o'rtasiga olib yiqitdi. Hakam bu vaziyatga ko'z yumdi.

26. XAVFLI VAZIYAT! Maxrezning o'ng qanotdan uzatgan kuchli pasiga Aguero boshi bilan zarba bermoqchi bo'ldi. Maguayr havfni bartaraf etdi.

24. "Siti"dan tezkor qarshi hujum. De Bryuynening zarbasi noaniq ketdi.

19. "Yunayted" hujumga o'tdi. Biroq bu pallada mankunianliklarning noaniq pasi hujumni tugatib qo'ydi.

10. Xavfli vaziyat. Maguayr o'z jarima maydonchasi ichida Sterlingni yiqitgandi. Rahim ushbu vaziyatda penalti borligini istisno qilib, VARga ishora qildi. Bosh hakam bu pallada hujumchiga ishonmadi.

8. ZARBAAAAAAAAA!!!! Maxrezning bu safargi zarbasi rikoshet holatidan keyin ham De Xea darvozasiga kirmadi. David o'yinni ajoyib boshlamoqda!

7. ZARBAAAAAAAAAA!!!!! Sterlingning to'p uzatishidan keyin Agueroning boshi bilan bergan zarbasini De Xea qiyinchilik bilan qaytardi. Super seyv!

4. O'yin juda zerikarli boshlandi. To'p asosan "Siti" futbolchilarida

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика