So’nggi yangiliklar

22:03ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  43 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  9 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  2 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1

Angliya Liga Kubogi. "Arsenal" penaltilar seriyasida "Liverpul"ni mag'lub etib, musobaqadan chiqarib yubordi Yangiliklar

Angliya Liga Kubogi. "Arsenal" penaltilar seriyasida "Liverpul"ni mag'lub etib, musobaqadan chiqarib yubordi

Angliya Liga Kubogi 4-bosqichidan o'rin olgan "Liverpul" – "Arsenal" uchrashuvi matnli translyaciyasni ushbu sahifada kuzatib bordingiz.


Liverpul – Arsenal 0:0 (penaltilar bo'yicha 4:5)

«Enfild»

Liverpul – Adrian, van Deyk (Gomes, 61), N. Uilyams, R. Uilyams, Diogu Jota (Veynaldum, 76), Uilson, Minamino, Gruich, Saloh (Origi, 61), Jons, Milner.

Arsenal – Leno, Xolding, Kolashinac, Soaresh, Gabriel, Uillok, Sebalos (el-Nenni), Jaka, Saka (Meytlend-Naylz, 86), Pepe, Nketia (Lyakazett, 82).

Ogohlantirishlar: Minamino (15), Jaka (51), Uilson (75), Soaresh (90).


O'yinda "Arsenal" g'olib chiqdi va chorak finalga yo'l oldi. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha! 

6. Uillok - gol!  "Liverpul" - "Arsenal" 4:5

6. Uilson - gol!  Leno qaytardi! "Liverpul" - "Arsenal" 4:4

5. Pepe - gol!  "Liverpul" - "Arsenal" 4:4

5. Jons - gol! "Liverpul" - "Arsenal" 4:3

4. Meytlend-Naylz - gol!  "Liverpul" - "Arsenal" 3:3

4. Origi - gol!  Leno qaytardi!  "Liverpul" - "Arsenal" 3:2

3. el-Nenni - gol!  Adrian qaytardi!  "Liverpul" - "Arsenal" 3:2

3. Minamino - gol! "Liverpul" - "Arsenal" 3:2

2. Soaresh – gol! "Liverpul" - "Arsenal" 2:2

2. Veynaldum – gol! "Liverpul" - "Arsenal" 2:1

1. Lyakazett– gol!   "Liverpul" - "Arsenal" 1:1

1. Milner – gol!   "Liverpul" - "Arsenal" 1:0

Penalti tepishni "Liverpul", aniqrog'i Milner boshlab beradi. 

Ikkinchi bo'lim tugadi. Birozdan keyin penaltilar seriyasini ko'ramiz. 

90+2. To'p Milnerning qo'liga tegdi, bunga keskin norozilik bildirgan Soaresh ogohlantirish oldi.

90+1. Soareshning qanotdan ichkariga uzatgan to'piga Adrian ega chiqdi.  

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

88. Eng faol o'yinchilardan biri Pepe ichkariga kirib bordi, ammo ofsayd qayd etildi.

86. "Arsenal"da almashtirish: Saka o'rniga Meytlend-Naylz maydonga tushdi. 

85. Zarba!  N. Uilyamsning zarbasi to'g'ri Leno turgan tomonga berildi, darvozabon qiyinchiliksiz to'pga ega chiqdi. 

84. Uuux! Pepe chalg'ituvchi uslublar bilan ichkariga kirib bordi va o'ng oyoqda zarba berdi, zarbaga aniqlik etishmadi. 

82. "Arsenal"da o'zgarish: Nketia o'rniga Lyakazett o'yinni davom ettiradi. 

79. Milner Veynaldumdan uzun pasni qabul qilib oldi, ammo uni o'ziga to'g'rilab olishga ulgurmagani bois to'p maydonni tark etdi. 

76. "Liverpul"da almashtirish: Jota o'rniga Veynaldum tushirildi. 

75. Qarshi hujumga o'tib ketayotgan Pepeni qo'pollik bilan to'xtatgan Uilson ogohlantirish oldi.

73. Gruich yana bir bor uzoqdan zarba yo'llamoqchi edi, ammo himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.

70. Zarba!  Xoldingning bosh bilan yo'llagan zarbasi Adrian tomonidan qaytarildi. 

69. Uuux! Saka maydon markazi ichida to'pni qabul qilib oldi, ammo N. Uilyams o'z vaqtida etib kelib xavfning olini oldi.  

68. "Arsenal"da o'zgarish: Sebalos o'rniga el-Nenni tushdi. 

67. R.Uilyams Pepega nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

O'yin qahramoni — Bernd Leno

63. Gruichning bosh bilan yo'llagan zarbasi yana qaytarildi - Leno! 

63.  Zarba!  Jotaning zarbasi Leno tomonidan qaytarildi, ajoyib seyv!  

61. "Liverpul"da 2 ta o'zgarish: Saloh o'rniga Origi, van Deyk o'rniga Gomes tushdi. 

60. Gruichning erlatib tepilgan kuchili zarbasini Leno qaytardi! Tasanno! 

59. Hozircha kurash maydon markazida kechmoqda va unda "Arsenal" faolroq o'yin ko'rsatmoqda. 

56. Uuuux! Jotaning havodan yo'naltirilgan zarbasi rikoshet orqali noaniq ketdi, burchak zarbasi. 

55. Gruich Jonsga pas berdi, u esa o'ng qanotda turgan Uilyamsni pas bilan taminlamoqchi edi, ammo juda kuchli tepib yubordi.  

53. Qanday vaziyat!  van Deykning yaqin masofadan bergan zarbasini "Arsenal" posboni Leno qaytardi. Qoyilmaqom seyv! 

51. Jaka qoidani buzgan holda maydon markazida Gruichni to'ztatib qoldi, unga sariq kartochka berildi.

49. "Arsenal" tezkorlik bilan jarima zarbasini o'yinga kiritdi, Pepe Uilyamsni aldashga urindi, lekin uzatmani amalga oshirishga qaror qildi, to'p Adrianning qo'lida.

47. Milnerning uzatmasidan keyin Gruich bosh bilan zarba yo'lladi, noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0.

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

45. Zarba! Jotaning bosh bilan yo'llagan zarbasini Leno qaytardi, qaytgan to'pga Minamino ega chiqdi va zarba berdi, darvoza to'sini mehmonlarni qutqardi! 

44. Jota Sebalos bilan chiziq ustidagi kurashda yiqilib tushdi, hakam bu penalti emas, jarima to'pi deb hisobladi.

42. Sebalos maydon markazidan Saka tomon pas uzatdi, ammo birga-bir holatga chiqib borgan Bukayo Saka ofsaydda qolgani malum bo'ldi.  

38. "Liverpul" ustunlikni o'z qo'liga oldi, buni van Deyk hujumga chiqib ketib, pelymeyker sifatida o'ynayotganidan ham bilish mumkin. 

37. Granit Jaka Pepe tomon ajoyib pas uzatgandi, lekin Neko Uilyams o'z vaqtida "podkat" orqali bunga yo'l qo'ymadi. 

36. "Liverpul" himoyadan boshlab hujum tashkil etdi, to'p Jotaga qadar etib kelishi mumkin edi, ammo "kanonirlar" bunga qarshilik ko'rsatishdi.

34. Jons zarba yo'lladi, ammo to'p to'g'ri Lenoning o'ziga etib eldi.

33. Jamoalar birinchi bo'limda faqat bittadan zarba yo'llashdi, biroq hali aniq zarbaning o'zi yo'q. 

31. "Liverpul" pozicion hujumga o'tishda davom etmoqda, "Asrenal" esa hozircha himoyalanish bilan band. 

30. Salohning uzatmasi Uilsonga keldi, u to'pni Milnerga yo'naltirdi, "Liverpul" sardori esa o'yindan tashqari holatda qolganligi malum bo'ldi.

28. Jo Uillok va Xarri Uilson boshlari bilan o'zaro to'qnashib ketishdi, o'yinda kichik "pauza".

26. Saka chap qanotdan tezlik oldi, biroq Neko Uilyams uni qo'li bilan ushlab, to'xtatib qoldi. Hakam qoida buzish qayd qildi. 

25. Uilsondan ichkariga uzatma, Minamino havodagi kurashda g'olib chiqmadi, qaytgan to'p Salohga etib keldi, ammo uning pasi ham noaniq chiqdi. 

22. van Deyk maydon markazida to'pni muvaffaqiyatsiz tepdi, Silner o'z vaqtida himoyaga qaytdi va to'pni "aut"ga chiqarib yubordi. 

19. Mersisasdliklarning tezkor hujumi. Minamino ichkarida to'p so'radi, Saloh ikkinchi tempda unga to'pni uzatishga jrishdi, biroq yaponiyalik futbolchi to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi. 

17. Sedrik Soaresh raqiblardan qochib ketib, oldinga bordi, ammo hakam u ofsaydda qolganligini qayd etdi. 

15. Minamino Sebalos bilan to'qnashib ketdi va sariq kartochka ishlab oldi.

14. O'yin tempi yuqori darajada, jamoalar birin-ketin hujum uyushtirmoqdalar. 

12. Uuuux!  Jotadan ajoyib uzatma, lekin Gruich qulay vaziyatdan noto'g'ri zarba berdi. 

9. "Liverpul" himoyasida yana muammo, "to'pchilar" esa bundan foydalana olishmayapti va darvozaga zarba yo'llashmayapti. 

8. Xavfli vaziyat!!! Pepe qanotdan oldinga o'tdi va to'pni Nketia tomon oshirdi, u esa juda sekin harakat qilgani bois Adrian darvozadan chiqib kelib, forvarddan to'pni uzoqlashtirib yubordi. 

6. Nketia Adrian darvozasi oldida xavfli vaziyat sodir etishiga oz qoldi, ammo van Deyk o'z vaqtida vaziyatni bartaraf qilishga ulgurdi. 

4. N. Uilyams yana o'ng qanotdan oldinga intildi va uzatmani amalga oshirdi, biroq Saloh Gabrielni havodagi kurashda mag'lub etishi qiyin, albatta.

2. "Liverpul" birinchi hujumni tashkil etdi, van Deyk o'ng qanotdan Neko Uilyamsni oldinga boshladi, uelslik esa kutiolmaganda to'pni qo'li bilan o'ynadi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda.


- O'yin Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari!  Bugun Angliya Liga Kubogida "Liverpul" – "Arsenal" to'qnashuvi guvohiga aylanamiz. Oxirgi paytlarda ular o'rtasidagi bahs keskin kurashlarga boy tarzda o'tmoqda. Bugun ham bizni oldinda qiziqarli o'yin kutmoqda.  

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика