So’nggi yangiliklar

20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  15 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:2 (матнли трансляция)  3 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1

Angliya Kubogida dumaloq qizil kartochka ko'rsatildi. Bu nimasi?! Yangiliklar

Angliya Kubogida dumaloq qizil kartochka ko'rsatildi. Bu nimasi?!

Tushuntiramiz.

Angliya Kubogi 4-turidan o'rin olgan Beshinchi divizion vakili "Reksxem" va "SHeffild Yunayted" o'rtasidagi o'yin haqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Bahs 3:3 hisobidagi yorqin durang bilan yakunlandi va "Reksxem" xo'jayini Rayan Reynolds uni tribunadan tomosha qilgani uchun yanada esda qolarli bo'ldi.



Ammo bu o'yinda muxlislar etiborini tortgan yana bir jihat bor edi. Ikkinchi taymda hakam Uaytstoun "SHeffild" futbolchisi Jebbisonga qizil kartochka ko'rsatdi va u yumaloq shaklda edi. Bunaqasiga hech ko'zingiz tushganmi?



Hakamlikka bag'ishlangan forumlardan birida uning maqsadi tushuntirildi: "Aylana va oval kartochkalar dastlab ranglarni ajrata olmaydigan o'yinchilarga yordam berish uchun kiritilgan.

SHuningdek, u kartochkani tezkorlik bilan ko'rsatmoqchi bo'lgan hakamga zarur edi va uning shakli qaysi birini cho'ntagidan chiqarmoqchi bo'layotganini tushunib etish uchun kerak.

Va bu yangilik emas. Dumaloq qizil kartochkalar hatto APLda, xususan, 1990-2000-yillarda Roy Kinga namoyish etilgan. Misol uchun, ulardan hakam Uriya Renni foydalangan.



Quyida g'alati shakldagi kartochkalarga muxlislarning reakciyalari:

"Qizil kartochka emas, eng yomoni, dumaloq qizil kartochka";

"To'xtang, demak, qizil kartochka – bu dumaloq, sariq kartochka esa to'rtburchakmi? Men juda qiziqib qoldim";

"Yana kimdir qizil kartochka aylana shaklida ekanligini payqadimi? Buni hech qachon ko'rmaganman".

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика