So’nggi yangiliklar

01:55"Челси" "Бетис"ни йирик ҳисобда мағлуб қилиб, Конференциялар лигасида ғолиб чиқди!  28 01:45U21 биринчилиги. "Сўғдиёна" "Бухоро"ни, "Навбаҳор" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  1 01:01Килиан Мбаппе "Реал"даги биринчи мавсумини баҳолади  3 23:31Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияга қарши ўйин олдидан йиғинларни бошлади  1 22:47“CAFA U-17 Championship 2025”. Ўзбекистон ўсмирлари Эронга қарши фантастик камбэк қайд этиб, финалга йўл олишди!  8 22:24Ямал "Барса" сафида 2031 йилгача ўйнайди! Супер юлдузнинг янги шартномаси ҳақида (мутолаа учун)  8 21:49"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб олишни истамоқда. Футболчи ҳам рози  2 21:25Лаутаро Мартинес "Барселона"га қарши жароҳат билан ўйнаганини айтиб берди  2 21:02Миллий терма жамоа Жаҳон чемпионати йўлидаги охирги йиғинни бошлади  6 20:42"Ман Юнайтед" Малайзиядаги йиғинда Жануби-Шарқий Осиё юлдузлар жамоасига ютқазди  2 20:20Марадона мухлислари футболчининг ўлимида айбланаётган шифокорга ҳужум қилишди  3 20:05Ўзбекистон миллий терма жамоасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ   5 19:45Игорь Сергеев: "Астойдил тайёрланамиз ва шунга монанд жанг қиламиз"  27 19:35Ислом Тўхтахўжаев: "БААдан байрамона кайфиятда қайтиш насиб қилсин"  12 19:25Францияга қарши ўйнайдиган Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  1

Angliya Kubogi. "Arsenal" qo'shimcha daqiqalarda kiritilgan gol evaziga yarim finalga chiqdi Yangiliklar

Angliya Kubogi. "Arsenal" qo'shimcha daqiqalarda kiritilgan gol evaziga yarim finalga chiqdi

Angliya Kubogining 1/4 finalidan o'rin olgan "SHeffild" - "Arsenal" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

SHeffild Yunayted – Arsenal 1:2

"Bremell Leyn"

Gol: Pepe (25-pen), MakGoldrik (87), Sebalos (90+2).

SHeffild Yunayted – Xenderson, Boldok (Frimen, 62), Robinson, Igan, Stivens, Landstrem (Berge, 35), Norvud, Flek, Bashem (SHarp, 76), Makberni, Makgoldrik.

Arsenal – Martines, Kolashinac, David Luiz (Xolding, 54), Mustafi, Meytlend-Naylz, Djaka, Uillok (Sebalos, 67), Pepe, Tirni, Lyakazett (Nketia, 67), Saka.

Ogohlantirish: Flek (31), Robinson (75).

Sheffield United

David McGoldrick - 87'

FA Cup . 1/4-tur

28/06/2020, 18:00

2
:
1
Tugadi

Arsenal

Nicolas Pepe - 25', Daniel Ceballos - 90'

Stadion: Bramall Lane, 0 tomoshabin

45'
90'
31'  John Fleck
35'  John Lundstram (Sander Berge)
62'  George Baldock (Kieron Freeman)
75'  Jack Robinson
76'  Chris Basham (Billy Sharp)
87'  David McGoldrick
25'  Nicolas Pepe
54'  David Luiz (Rob Holding)
67'  Joseph Willock (Daniel Ceballos)
67'  Alexandre Lacazette (Edward Nketiah)
90'  Daniel Ceballos
90'  Nicolas Pepe (Sokratis Papastathopoulos)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Arsenal" ham "Manchester Yunayted" kabi Angliya Kubogi yarim finaliga 30-marta chiqdi!

90+4. O'yin yakunlanashiga 1 daqiqa qolganida "SHeffild" futbolchilarining charchagani sezilmoqda.

90+1. GOOOOOOOOOOOOLLLLL!!!! Sebalos bu safar qo'pol xatodan unumli foydalandi!!!

5 daqiqa qo'shib berildi.

90. ZARBAAAAAAAAAA!!! SHarpning kuchli zarbasini Martines qaytardi!!

87. GOOOOOOOOOLLLL!!!! "Arsenal" himoyasidan qo'pol xato! Mustafi to'pni qaytarish chog'ida Xolding tomon tepdi. Natijada to'p MakGoldrikka kelib tushdi. Hujumchi 1 metrdan darvozani ishg'ol qildi!

86. "Arsenal"da qulay vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Nketia uchrashuv taqdirini hal qilish uchun hujumga o'tib ketdi. Ammo Robinson to'pni olib qo'ydi.

82. O'yin asosan "Arsenal" yarim maydonida o'tmoqda. Lekin vaziyatlar yo'q.

79. "SHeffild"ning burchakdan uzatmasi ham o'xshamadi.

75. "SHeffild" keskin hujumlar qilayotgan paytda to'p oldirildi va Pepe qarshi hujumga qochib ketayotgandi. Robinson uni yiqitib to'xtatishga majbur bo'ldi va sariq kartochka oldi.

70. Futbolchilarga tomoqlarini chayib olishlari uchun 1 daqiqa vaqt berildi.

68. "SHeffild"da yaxshi imkoniyat yuzaga kelishi mumkin edi. Lekin Bergening pasi darvoza yonigacha etib bormadi.

66. "Arsenal"ning hujumi o'xshamadi. Lyakazetning pasidan keyin Uillok nima qilishni bilmay qoldi va to'p Xendersonga ketib qoldi.

60. ZARBAAAAAAAAAAAAA!!! Besham juda yaqin masofadan "Arsenal" darvozasini aniq nishonga ola bilmadi.

58. AJOYIB VAZIYATTTT!!!! Gol ham penalti ham bo'lishi mumkin edi. Xolding to'pni qo'li bilan qaytardi. Ammo ungacha seyv va ofsayd qayd etildi.

56. UXXXXXX!!! Din Xenderson gol muallifiga aylanishi mumkin edi. U o'z jarima maydonchasidan to'pni raqib darvozasi tomon tepdi. Kutilmagan holat bo'ldi bu. To'p darvoza to'rining tepa tomoniga borib tushdi.

53. David Luiz maydonga yotib oldi. U katta ehtimol bilan almashtiriladi.

51. Flekning zarbasi noaniq ketdi. 

48. Hozircha kichik tashabbus mezbonlar tomonida.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Demak, birinchi bo'lim yakunlandi.

45+5. Pepe yana bir hujum tashkil etayotgandi. Ammo u raqib jarima maydonchasi ichida Robinsonni yiqitdi.

45+2. "Arsenal"da yana bir qulay vaziyat yuzaga kelgandi. Jarimadan uzatilgan to'pga David Luiz boshi bilan emas, elkasi bilan zarba berdi.

Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

45. "Arsenal"dan ajoyib kombinaciya! Tirni o'z qanotidan to'pni darvoza yonidagi Pepega oshirdi. Nikolya 100 foizlik vaziyatdan foydalana olmadi.

44. ZARBAAAAAAA!! Norvudning kuchli va aniq zarbasini Martines ishonch bilan ushlab oldi.

43. ZARBAAAAA!!! Tirnining zarbasi noaniq ketdi. Xenderson vaziyatni nazorat qilib turgandi.

40. Ikki futbolchi ham o'rnidan turdi... Barcha sog'-salomat.

37. Jiddiy to'qnashuv. Uillok va MakBerni to'qnashib ketdi. Ikki futbolchi ham qimirlamay yotibdi.

35. Majburiy o'zgarish. Lundstram o'rniga Berg maydonga tushdi.

33. "Arsenal"ning o'yini ochilmoqda. Paslar ham podachalar ham yaxshi amalga oshirilishni boshlashdi.

31. "Arsenal" tezkor qarshi hujumga o'tib ketayotgandi. Lyakazettni Flek yiqitdi va sariq kartochka ishlab oldi.

30. ZARBAAAAAAAA!!! Pepening zarbasini Xenderson qaytardi!

29. Taxminan 30 metrlardan Lundstram darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Biroq to'p Pepega tegib, markazga uchib ketdi.

28. "SHeffild"da yana bir standart. Bunisi xavfliroq.

26. Jamoalarga suv ichib olishlari uchun bir daqiqa vaqt berildi.

25. GOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! Pepe penaltidan unumli foydalandi!

23. PENALTIIIIIIII!!! Lyakazett "SHeffild" jarima maydonchasi ichida Besham tomonidan yiqitildi!!! Hisob ochilishga yaqin turibdi.

22. Pepening qanotdan uzatgan to'pini himoyachilar burchakka chiqarib yuborishdi. "Arsenal" nihoyat standart vaziyatga ega bo'ldi.

19. "SHeffild"ning xavfli bo'lishi kutilayotgan hujumini David Luiz bartaraf etdi. Mezbonlarning hujumlari xavfli ko'rinish olmoqda.

17. "Arsenal" to'pni o'zida ushlab turishni uddalamoqda. Ammo vaziyatlar yarata olmayapti.

15. MakGoldrik bu safar qulay imkoniyatga chiqib borayotgandi. Jaka to'pni qaytarib yubordi.

13. Endi rostdan ham hisob ochilishga yaqin kelgandi. MakGoldrik bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi. Uning oyog'i to'pga etmay qoldi.

12. "Arsenal" uyg'onishi kerak. Jamoaning o'yini o'xshamayapti.

10. YO'Q! Gol hisobga olinmadi. Bu vaziyatda offsayd qayd etildi.

9. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! Burchakdan uzatilgan to'p Jakaning boshi orqali Jon Lundstramga etib keldi va u darvozani ishg'ol qildi. VAR bu holatni ko'rib chiqmoqda.

7. Mustafining pasi Pepegacha etib bormadi. SHuning ortidan mezbonlar tezkor qarshi hujumga o'tib ketishdi. Robinsonning zarbasini Jaka qaytardi.

5. O'yin asosan markazda kechmoqda.

3. David Luiz qoidani buzdi. Mezbonlarda qulay imkoniyat bo'lgandi. Biroq standartdan oshirilgan to'pga hech kim zarba bera olmadi. To'p Martines darvozasi oldidan o'yinga kiritildi.

2. Hozircha tomonlar bir-birini o'rganmoqda.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI! "Black lives matter" 

- Demak, odatga ko'ra, jamoalar bir daqiqa qarsak chalishmoqda.

- Bugun "Arsenal" "Manchester Yunayted" rekordini takrorlash uchun, Angliya Kubogi yarim finaliga 30-marta chiqish uchun kurashadi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. Jamoalar tribuna osti hududga yig'ilishgan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика