So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  0 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

Angliya Kubogi. "CHelsi" ham qiyinchilik bilan g'alabaga erishib, yarim finalga yo'l oldi Yangiliklar

Angliya Kubogi. "CHelsi" ham qiyinchilik bilan g'alabaga erishib, yarim finalga yo'l oldi

Teglar :  CHelsi Lester
Musobaqaning 1/4 bosqichidan o'rin olgan “King Pauer” o'yingohidagi bellashuv boshlandi.

Lester – CHelsi 0:1

20.00, «King Pauer»

Gol: Barkli (63).

Lester – SHmeyxel, CHiluell, Evans, Seyundjyu, Jastin, Prat (CHouduri, 57), Ndidi, Barns (Grey, 76), Tilemans, Peres (Olbrayton, 57), Vardi.

CHelsi – Kabalero, Jeyms (Aspilikueta, 46), Emerson, Zuma, Ryudiger, Gilmor (Kovachich, 46), Maunt (Barkli, 46), Pulishich (Loftus-CHik, 72), Kante, Villian (Pedro, 77), Abraxam.

Ogohlantirish: Seyunjyu (24).

Leicester City

FA Cup . 1/4-tur

28/06/2020, 20:00

1
:
0
Tugadi

Chelsea

Ross Barkley - 63'

Stadion: King Power Stadium, 0 tomoshabin

45'
90'
23'  Caglar Soyuncu
57'  Dennis Praet (Hamza Choudhury)
57'  Ayoze Perez (Marc Albrighton)
76'  Harvey Barnes (Demarai Gray)
46'  Billy Gilmour (Mateo Kovacic)
46'  Reece James (Cesar Azpilicueta)
46'  Mason Mount (Ross Barkley)
63'  Ross Barkley
63'  Willian
72'  Christian Pulisic (Ruben Loftus-Cheek)
78'  Willian (Pedro Rodriguez)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! Ushbu bahsda ham mehmon jamoaning qo'li baland keldi. Lempard jamoasini yarim finalga olib chiqmoqda.

90+3. Jastin o'ng qanotdan darvoza yoniga to'pni oshirdi. Kabalero to'pni ushlab oldi.

90+2. Barnsning to'p uzatishidan keyin Ndidi kuchsiz va noaniq zarba yo'lladi.

2-bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. ZARBAAAAAAAAAAAA!!! SHmeyxeldan yana bir fantastik seyv!! "CHelsi" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. 4 futbolchi 2 himoyachiga qarshi chiqdi. Barklining kuchli zarbasini Kamper qahramonlarga qaytardi.

88. Xavfli vaziyat!! "Lester" bor kuchi bilan hujumga tashlangan. To'p jarima maydoni ichida. Greyning pasini hech kim zarbaga aylantira olmadi.

85. UXXXXXX!!! Barnsning to'p uzatishidan keyin Kabalero to'pga chiqishda xatolikka yo'l qo'ydi. Bo'sh qolgan darvozani Seyunjyu ishg'ol qila olmadi. Umuman olganda bu pallada Aspilikueta jamoasini goldan qutqardi.

84. "Lester" oldinga intilishga harakat qilmoqda. "CHelsi" esa qarshi hujumlarga tayanmoqda.

81. Barkli uzoq masofadan zarba berdi. Umuman olganda uning oldida 2-3 variant bo'lgandi. Biroq u eng yomon qarorni tanladi.

77. Uchrashuvda kiritilgan golda assist bo'lgan Villian o'z o'rnini Pedroga bo'shatib berdi.

75. Vardi raqibini aldab o'tishda to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi va hujum to'xtadi.

73. CHorak finalning dastlabki 2 o'yinida ham mehmonlar g'alabaga erishgandi. Bu safar ham shunday bo'ladi shekilli.

71. Xavfli vaziyat! Jarima maydonchasi chizig'i ustida Vardi to'pni sherigidan qabul qilib oldi va aylanib zarba yo'lladi. Ryudiger to'pni qaytardi.

68. SHarhlovchi bizga qiziqarli malumotni taqdim qildi. Brendan Rojers hali biror marta "CHelsi"ni mag'lub eta olmagan ekan. 

66. ZARBAAAAAAAA!! Barklining bu safargi zarbasi oddiy bo'lib chiqdi va buni ushlab olishda SHmeyxel qiynalmadi.

63. GOOOOOOOOOLLLLL!!! Villianning zargarona to'p uzatishidan keyin Barkli darvozani ishg'ol qilmoqda!!!

62. Bugun Tilemans "zararkunanda futbolchi" rolini o'ynamoqda. U hozir Vardiga sekin pas berdi va Ryudiger to'pni olib qo'ydi.

59. XAVFLI VAZIYAT! CHap qanotdan CHiluell to'pni sherigiga uzataman deb gol urib qo'yishi mumkin edi. To'p Kabalero qo'riqlayotgan darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi.

57. UXXXXXXX!!! Jastin tezkor qarshi hujumga qochib ketdi va to'pni "CHelsi" jarima maydonchasiga ajoyib tarzda uzatdi. Uning shunday pasini Tilemans to'xtata olmadi.

55. GOL! YO'Q! OFFSAYD! Abraxam offsayddan keyin gol urdi va bu inobatga olinmadi. 

53. ZARBAAAAAAAAA!! Abraxamning pasidan keyin Pulishich yaqin masofadan yo'llagan zarbasini SHmeyxel qaytardi. Bu ham super seyv! Lekin Abraxam offsaydda qolib ketgandi.

51. Seyunjyuning xatosidan keyin Kovachich to'pni egallab olishi va zarba berishi mumkin edi. Lekin bunga "Lester" futbolchilari yo'l berishmadi.  

49. "CHelsi" burchak zarbasiga ega bo'lgandi. Undan oshirilgan to'pni Vardi qaytarib yubordi.

47. "CHelsi" hujumga o'tishga urindi. Villianning pasiga Barkli etib bora olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Ikkinchi bo'lim boshlanishidan oldin "CHelsi" bir yo'la 3 futbolchini almashtirdi. Barkli, Kovachich hamda Aspilikueta maydonga tushdi.

"Lester" ketma-ket ikki burchak zarbasidan samara chiqara olmaganidan keyin birinchi bo'lim yakunlandi. 

45. ZARBAAAAAAAAAAA!!! Vardining xavfli zarbasi noaniq ketdi. Bu pallada "CHelsi" himoyachilari angliyalik hujumchini o'tkazib yuborishdi.

42. "Lester" hujumi xavfli tus olayotgandi. Barnsning pasidan keyin Peres hujumni yanada xavflilashtirishi mumkin edi. Lekin Kante himoyachilarga yordamga keldi va to'pni autga chiqarib yubordi.

40. Endi "CHelsi" bosimni boshladi. "Lester" himoyachilari to'pni tepib yuborishmoqda.

38. "Lester" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Tilemansning oshirgan to'pini himoyachilar qaytarishdi. Umuman olganda bugun Tilemans juda oddiy o'ynamoqda.

35. Pulishich raqib darvozasi tomon yugurib ketayotgan paytda Jastin chiroyli "podkati" bilan to'pni olib qo'ydi. Uni esa Abraxam yiqitdi va hujumda fol belgilandi.

33. "Lester"da yana bir imkoniyat. O'ng qanotdan uzatilgan to'p Gilmurdan o'tganida Vardi gol urishga tayyor turgandi. Biroq past bo'yli himoyachi to'p yo'nalishini o'zgartira oldi.

32. "Lester"da ham qulay imkoniyat yuzaga keldi. Ryudiger va Zumaning o'zaro tushunmovchiligidan keyin Barns gol urish uchun raqib darvozasi tomon yugurdi. Ammo berilgan zarba anchagina noaniq ketdi.

31. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA!!!! SEYV! Daxshatli seyv!! Pulishich yaqin masofadan "podperekladina" tomon zarba yo'lladi. SHmeyxel to'pni qaytardi. Fantastika!

29. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA!!! CHiluellning jarimadan uzatgan pasiga Evans boshi bilan xavfli zarba yo'lladi. To'p darvoza yonidan o'tib ketdi. Biroq bu pallada offsayd g'am bor edi. Gol bo'lganda ham bu hisoblanmasdi.

24. Markazda Pulishichga qarshi fol ishlatgani uchun Seyunjyuga sariq ko'rsatildi va jamoalarga uoter-taym berildi.

22. Uzoq vaqtdan keyin "CHelsi" ham hujumga o'tdi. Pulishichning oddiy pasini Seyunjyu qaytarishda qiynalmadi.

20. ZARBAAAAAAAAA!!! Tilemansning zarbasini Kabalero qiyinchilik bilan qaytardi!

19. Xavfli vaziyat! Markazda Kante to'pni yo'qotdi, natijada to'pni olib qo'ygan "Lester" futbolchisi to'pni Pratga oshirdi. Uning darvoza yaqiniga uzatgan to'piga Vardi etib bora olmadi.

18. So'raganlar uchun Meddison ko'rsatildi. U futbol libosida emas. Bugun o'ynamaydi.

16. Ris Jeymsning jarimadan uzatgan to'piga Pulishich boshi bilan zarba berdi. Kasper SHmeyxel to'pni ushlab oldi.

13. "CHelsi" jarima maydonchasi yonida Barns yiqitildi. Standartdan Ndidi raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. Kabalero to'pni osonlik bilan ushlab oldi.

10. "CHelsi" raqibni o'z darvozasi yonidan uzoqlashtirdi. O'yin yana markazga ko'chdi.

7. "Lester" yana hujumga o'tdi. Ayoze Peresning chiroyli pasini to'xtatishda Barns xatoga yo'l qo'ydi va natijada to'p yo'qotildi.

5. Tilemans hujumga o'tdi. Ryudiger esa uning darvoza yonigacha kelishiga yo'l bermadi.

3. Ilk daqiqalardan "Lester" hujumkorlikka zo'r bergan. O'yin "CHelsi" jarima maydonchasi yonida o'tmoqda.

- Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика