"Liverpul" - Angliya Kubogi sohibi!
14 may 2022 23:36
Yangiliklar
"Liverpul" - Angliya Kubogi sohibi!
Angliya Kubogi finali. "CHelsi" – "Liverpul" 0:0
"CHelsi": 16. Eduar Mendi, 14. Trevo SHaloba (28. Sesar Aspilikueta 106'), 6. Tiago Silva, 2. Antonio Ryudiger, 24. Ris Jeyms, 8. Mateo Kovachich (7. N'Golo Kante 66'), 5. Jorjino, 3. Markos Alonso, 19. Meyson Maunt, 10. Kristian Pulishich (12. Ruben Loftus-CHik 106'; 18. Ross Barkli, 118), 9. Romelu Lukaku (22. Xakim Ziesh 85').
Zaxira: 1. Kepa Arrisabalaga, 31. Malang Sarr, 17. Saul Niges, 11. Timo Verner.
"Liverpul": 1. Alisson, 66. Trent Aleksander-Arnold, 5. Ibraima Konate, 4. Virdjil van Deyk (32. Joel Matip 91'), 26. Endryu Robertson, 14. Djordan Xenderson, 6. Tiago Alkantara, 8. Nabi Keyta (7. Djeyms Milner 74'), 11. Moxamed Salax (20. Diogu Jota 33'), 10. Sadio Mane, 23. Luis Dias (9. Roberto Firmino 98').
Zaxira: 62. Kuivin Kellexer 12. Jo Gomes, 17. Kertis Jons, 21. Konstantinos Cimikas, 27. Divok Origi.
Ogohlantirishlar: Ris Jeyms 77'
Chelsea Marcos Alonso - 121', Reece James - 121', Ross Barkley - 121', Jorginho - 121', Hakim Ziyech - 121' |
FA Cup . final-tur 14/05/2022, 21:45 6
:
5
Tugadi
|
Liverpool James Milner - 121', Thiago Alcantara - 121', Roberto Firmino - 121', Trent Alexander-Arnold - 121', Diogo Jota - 121', Konstantinos Tsimikas - 121' |
Stadion: Wembley, 84897 tomoshabin
Bosh hakam: Craig Pawson
Bo'ldi, "Liverpul" - Angliya Kubogi sohibi!
Tsimikas - gol! 6:5
Maunt - YO'Q! ALISSONNNN!!! 5:5
Jota - gol! 5:5
Penaltilar seriyasi daxshat bo'lyapti, darvozabonlar deyarli barcha zarbalarning yo'nalishini topishmoqda, ammo qaytarish qiyin bo'lyapti.
Ziesh - gol! 5:4
YO'O'O'O'QQQQ!!! MENNNDIIIII!!!! QUTQARDDIIIII!!! Mane hal qiluvchi penaltini ura olmadi! 4:4
Jorjino - gol! 4:4
Aleksandr-Arnold - gol! 3:4
Barkli - gol! 3:3
Firmino - gol! 2:3
Jeyms - gol! 2:2
Alkantara - gol! 1:2
Aspilikueta - yo'q! Ustun! 1:1
Milner - gol! 1:1
Alonso - gol! 1:0
Penaltilar seriyasi boshlandi!
Penaltilar seriyasi "CHelsi" muxlislari sektori yonida bo'ladi.
DEMAK, BIZNI LOTEREYA KUTMOQDA!
120. "Liverpul" jarima zarbasiga ega bo'lgandi. Undan uzatilgan to'pni darvozabon ushlab olib, oldinga tepib berdi. Bu pallada qo'shimcha bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.
119. Yaqindagina maydonga tushgan Ruben Loftus-CHik o'rnini Barkliga bo'shatib berdi.
118. Tiago Silva biroz charchadi va mushaklari tortishdi. Og'ir kechayotgan o'yinda u ajoyib harakat qilmoqda.
116. "CHelsi" yana bir hujum tashkillashtirishi mumkin bo'lgandi. Ammo Zieshning chiroyli pasi jamoadoshiga o'tmadi.
113. Xavfli vaziyat! "CHelsi" hujumga o'tdi. Ris Jeymsning qanotdan oshirilgan to'pini Aleksandr-Arnold jamoasiga qaytarib berdi.
110. To'rtinchi bo'lim xotirjamlik bilan o'tmoqda deyish mumkin. Hozircha jamoalar xavfli hujum uyushtirishmadi.
106. Finalning so'nggi - to'rtinchi bo'limi boshlandi!
105. Uchinchi bo'lim yakuniga etdi.
103. Tiago Silvaning bosh bilan darvozaga yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
99. Meyson Mauntning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
93. Ekstra-taymlarning dastlabkisini "CHelsi" faollik bilan boshladi. Jamoa azolari bir necha bor hujumga o'tishga intilishmoqda.
91. Qo'shimcha bo'limlarning birinchisi boshlandi!
90+3. Bahsning asosiy vaqtida darvozalarga gol urilmadi. Endi navbat qo'shimcha bo'limlarga!
90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
90. Luis Dias to'pni o'ziga to'g'rilab olib, darvoza tomon aylantirib zarba berdi, biroz noaniq.
89. O'yinning so'nggi daqiqalari o'tib bormoqda. "Liverpul" jamoasi anchagina faol hujumlarda.
84. XAVFLI VAZIYAT! Milner o'ng qanotdan oldinga o'tib, jarima maydonchasi tomon to'pni uzatdi, Robertsonning bergan zarbasi esa darvoza ustuniga tegib qaytdi!
83. Diasning darvoza tomon bergan zarbasi ustunga tegib, maydonni tark etdi.
69. Luis Diasning aylanmacha zarbasi noaniq ketdi.
68. Pulishichning olisdan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi.
65. Nabi Keytaning uzoq masofadan bergan zarbasini Mendi ushlab oldi.
62. Robertsonning o'ng qanotdan jarima maydonchasi tomon uzatgan to'pini darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi.
60. Diogu jotaning erlatib bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.
56. Jeymsning o'ng qanotdan uzatgan to'pini liverpullik himoyachilar qaytarib yubordi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+4. O'yinning dastlabki 45 daqiqaligi yakunlandi!
45+1. Lukakuning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
45. Robertsonning chap qanotdan uzatib bergan to'pini Jota darvozaga aniq yo'llay olmadi.
37. O'yinda ustunlik ayni bir jamoada deb bo'lmaydi. Har ikki klub ham navbatma-navbat oldinga o'tmoqda.
33. Moxamed Salax jarohat sabab maydonni tark etdi. Uning o'rniga o'yinga Diogu Jota qo'shildi. Xo'sh, Salah ECHL finaliga qadar tuzalarmikin?
28. Pulishich Alonsoni juda qulay vaziyatga chiqardi, Markosning darvoza tomon yo'llagan zarbasini Alisson ajoyib tarzda qaytarib yubordi.
23. "CHelsi" o'ng qanotdan oldinga o'tdi. Jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni Pulishich darvozaga yo'lladi, biroq zarba biroz noaniq bo'ldi.
21. Robertson oldinga o'tib borib, darvozaga zarba yo'lladi, biroq to'p anchagina noaniq ketdi.
16. Meyson Mauntning erlatib yo'llagan zarbasi birozgina noaniq ketdi.
13. Trent Aleksander-Arnoldning darvoza tomon yo'llagan zarbasini Tiago Silva qaytarib yubordi.
11. "Liverpul" o'tgan daqiqalarda bir nechta hujumni tashkil qildi. "CHelsi" esa hozircha bularga javob bermayapti.
9. XAVFLI VAZIYAT! Luis Dias katta tezlikda oldinga o'tdi, darvozabon bilan deyarli birga-bir holatga chiqib kelib zarba berdi, Mendi qaytardi, qaytgan to'pga ega chiqqan liverpullik futbolchining zarbasi esa noaniq ketdi.
4. "Liverpul" o'yindagi ilk hujumni uyushtirdi. Luis Diasning o'ng qanotdan uzatgan to'pini hech kim darvozaga yo'llay olmadi.
3. Dastlabki daqiqalalarda har ikki jamoa ham xotirjamlik bilan harakat qilmoqda.
1. O'yin boshlandi!
Final oldidan bayram ajoyib tarzda tashkil qilindi.
- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:45 da boshlanadi.
Fikrlar