Angliya - Germaniya va Ukraina - SHveciya bahslariga hakamlar tayinlandi
27 iyu 2021 14:54
Yangiliklar
Angliya - Germaniya va Ukraina - SHveciya bahslariga hakamlar tayinlandi
Evro-2020ning 1/8 finalidan o'rin olgan Angliya - Germaniya va Ukraina - SHveciya uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar malum qilindi.
Unga ko'ra, Angliya - Germaniya bahsini niderlandiyalik Danni Makkeli boshqaradi. Unga qanotlarda Xessel Stegstra va Yan de Vris yordam beradi. To'rtinchi hakam sifatida Srjan Yovanovich ishlaydi. Referining videoyordamchisi – Pol van Bukel.
Ukraina – SHveciya uchrashuvini esa italiyalik Daniele Orsato boshqarib borsa, qanotlarda Alessandro Jallatini va Fabyano Preti ishlaydi. To'rtinchi referi – Davide Massa. Bosh hakam videoyordamchisi – Massimiliano Irrati.
Ikkala bahs ham 29 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar