Angliya futbol ligasi Sky Sports bilan 565 mln funtlik bitim imzoladi
20 noy 2018 11:40
Yangiliklar
Angliya futbol ligasi Sky Sports bilan 565 mln funtlik bitim imzoladi
Angliya futbol ligasi (EFL) teletranslyaciya borasida Sky Sports kanali bilan 5 yillik shartnoma tuzdi.
Yangi bitim avvalgisiga nisbatan 35% qimmat va u 565 mln funtni tashkil qiladi. Kelishuv 2019/20 mavsumdan kuchga kiradi.
Sky Sports har mavsum CHempionshipning 138ta, pley-offning 15ta va Angliya liga Kubogining 15ta hamda Jonston Peynts Trofi final uchrashuvlarini translyaciya qiladi.
APL va Angliya Kubogi kelishuvga qo'shilmagan.
Fikrlar