Angliya. 20-tur. "Manchester Yunayted" safarda durang o'ynadi
01 jan 2015 19:39
Yangiliklar

Angliya. 20-tur. "Manchester Yunayted" safarda durang o'ynadi
Angliya premer ligasining 20-turidan o'rin olgan "Stok Siti" – "Manchester Yunayted" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
19-tur
Stok Siti – Manchester Yunayted 1:1
1 yanvar, 17.45, Britaniya Stedium
Gollar: 1:0 – 2 SHoukross, 1:1 – 26 Falkao.
Stok Siti – Begovich, Piters, Kemeron, SHoukross, Munesa, Arnautovich (Assaidi, 81), Nzonzi, Uelan, Diuf, Uolters, Krauch.
Manchester Yunayted – De Xea, Evans, Jons, Smolling, SHou (Yanuzay, 64), Yang (da Silva, 75), Kerrik, Mata, van Persi, Falkao (Errera, 64), Runi.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
O'yin yakunlandi. "Stok Siti" va "Manchester Yunayted" durang o'ynashdi - 1:1.
90. So'nggi daqiqalarda mehmonlar gol urishlari mumkin edi. Ammo Rafaelning zarbasi aniq bormadi!
86. De Xea himoyachilarning xatosini to'g'rilab jamoasini goldan qutqarib qoldi.
82. Runi chap qanotda to'pni egallab jarima maydoniga uzatdi, Begovich o'z o'rnida
79. O'zgarish. "Stok Siti". Arnautovich o'rniga Assaidi tushdi
77. Runining pasidan so'ng van Persi to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, noaniq
76. Arnautovich ketma ket uch marta burchak to'pini amalga oshirdi, oxirgisida De Xea to'pni egallab oldi
75. O'zgarish. MYU. Eshli Yang o'rniga Rafael tushdi
73. Ana bo'masam. Kuchli shamol tufaylimi boshqa sababmi Angliyada kelayotgan to'lqin uzilib qoldi. "Manchester Yunayted" ishtirokidagi o'yinlarda har narsa bo'lishi mumkin
71. MYUning qarshi hujumi...Yanuzay juda katta tezlikda oldinga o'tdi, lekin Muniesaga kelganda uni alday olmadi
68. Zarbaaa! Krauchning zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi! Keyingi vaziyatda Mame Biram Diufning kuchli zarbasi noaniq ketdi!
64. Xavfli vaziyat!!! Qanday vaziyat! Mataning ajoyib pasidan so'ng Van Persi yaqin masofadan gol urishi mumkin edi, noaniq!
63. O'zgarishlar. MYU. Falkao o'rniga Ander Errera, SHou o'rniga Yanuzay tushdi
61. Runi burchak to'pini amalga oshirdi, Krauch boshi bilan to'pni qaytardi. Boshqa kim ham bo'lardi?
61. Mata navbatdagi jarima to'pini amalga oshirdi, Fil Jonsning boshi bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p Begovichning qo'llariga bordi
59. Xavfli vaziyat! Jarima to'pidan so'ng Begovich mushtlari bilan to'pni qaytardi!
58. Falkao bir amallab raqib jarima maydoni yonida jarima to'pi ishladi. Haqiqiy hujumchi shunday bo'lishi kerak, to'p kelmayapti, sen to'p tomon bor
56. "Stok Siti" himoyada juda ham tartibli o'ynamoqda. Qanotlardan ham, markazdan ham yorib kirishning imkoni yo'q. Agar Lui Van Gal shogirdlari buni uddalay olishsa g'alaba naqd
55. Ochig'ini aytganda futbolchilar anchayin sekin o'yin namoyish etishmoqda. Yangi yil kechasida ko'proq ovqat eb qo'yishgan shekilli)
53. Ayni paytda MYU musobaqa jadvalining uchinchi pog'onasida bormoqda. "Stok Siti" esa 11-o'rinda
50. Hozircha maydonda hech qanday etiborga molik holat kuzatilayotgani yo'q. To'p uyoqdan buyoqqa tepib yurishibdi.
48. Bo'limni yana mehmonlar ustunlikda boshlashdi. SHou hozir chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatishga urindi. Himoyachilar o'z o'rnida
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
45+1. De Xea! To'pni o'z darvozasidan uzoqlashtirishda xatoga yo'l qo'ydi, to'p to'g'ri raqibga bordi. Yaxshiyam Krauch buni kutmagandi. Maykl Oliver birinchi bo'limni yakunlab berdi. Hozircha 1:1. 15 daqiqa dam olamiz
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
45. Smolling o'z jarima maydoni ichida Diufga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, Kris haqiqiy himoyachilardek o'ynadi
44. SHamol juda kuchli esayotganidan to'p bitta joyda turmayapti. Begovich uchinchi urinishdagina to'pni o'yinga kiritib berdi
42. Begovich to'pni egallab olayotganda oyog'i bilan o'zini himoya qildi, bu esa van Persiga yoqmadi...
40. Robin van Persi to'p uchun kurashdi va bir amallab jamoasiga to'pni olib berdi. MYU xuddi "Barselona" va "Bavariya"ga o'xshab to'pni uzoq vaqt o'zida saqlab turibdi, lekin darvozaga zarbalar yo'q.
38. "Stok Siti"ning kam sonli hujumlaridan biri, Arnautovich to'pi sheriklariga uzata olmadi. Hozircha gol bo'lgan vaziyatdan so'ng De Xeaga umuman ish topilmayapti
35. MYU futbolchilari to'pni nazorat qilishmoqda. To'pga egalik qilishda mehmonlar juda katta ustunlikka egaliklari statistikasiz ham malum
33. Burchak to'plari vaqtida Piter Krauchni qanday xavfsizlantirishayotganini ko'rsatishdi, kurashga o'xshab ketdi. Lekin Angliyada hakamlar bunday narsalarga ortiqcha etibor berishmaydi. To'g'ri ham qilishadi, o'ynash kerak
32. Xavfli vaziyat! Arnautovich to'pni raqib jarima maydoniga uzatdi, SHou to'pni qaytarish chog'ida sal qolsa o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishi mumkin edi.
31. Runi oxirgi o'yinlarda bo'lgani kabi hujumchi rolida emas. Lekin juda ham faol, juda ham.
30. Hisob tenglashgach o'yin tempi ancha tushdi. Ustunlik "qizil iblislar" tomonida.
28. Falkao Angliya premer ligasida o'zining uchinchi golini urdi. Bugun matbuotda MYU uni to'liq sotib olishi haqida xabarlar chiqqandi. Demak Falkao bu xabardan ilhom olgan)
26. Runing to'p uzatishidan so'ng Kerrik boshi bilan darvoza yoniga uzatdi, hujumchi hisoblangan Falkao yaqin masofadan gol urdi - 1:1. Deyarli bir xil ikkita gol va hisob teng
26. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:1! Falkaoooooo!
25. MYU burchak to'pi ishladi. Runi to'p yonida
24. Mata navbatdagi bor burchak to'pini amalga oshirdi, hech qanday naf chiqqani yo'q.
22. Mehmonlar safida Evans ancha xatolarga yo'l qo'ymoqda, hayajondanmi boshaqmi? Lekin Jonni yosh bola emas.
21. Eshli Yang o'ng qanotdan oldinga o'tib to'pni jarima maydoniga uzatib berdi, Falkao ham, van Persi ham to'pga eta olishmadi. Begovich o'z o'rnida
19. Xavfli vaziyayayayayat! Mezbonlar himoyachisi to'pni oldinga tepib yubordi, birgina Diuf to'p uchun kurashda Evansni mag'lub etdi va darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqdi. Faqat uning chap oyoqda bergan zarbasi aaanchagina noaniq ketdi!
18. Mana endi "Stok" butun tarkib bilan himoyalanmoqda. MYU hujumda...
16. Runining kuchli zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. Stadiondagi muxlislar hayqiriqlar bilan xursandliklarini bildirishdi.
15. Runi hozir hujumda Nzonziga to'pni oldirib qo'ydi. Navbatdagi hujumda aynan shu futbolchilar to'qnashuvi kuzatildi. Runi jarima to'pi ishladi. Darvozaga masofa uzoqroq...
13. "Yunayted" futbolchilari hozircha katta kuch bilan hujumga o'tishmayapti. Asosan 4 nafar futbolchi hujumda ishtirok etmoqda.
11. MYU burchak to'pi ishlab oldi. Mataning uzatgan to'pi Begovichga nasib etdi. Stadionda juda kuchli shamol esayotgani bilinib turibdi
9. Falkao harakat qilmoqda, hozir kolumbiyalik futbolchi oldinga o'tayotgan sherigi Robin Van Persiga to'p uzatgandi, biroq himoyachilar ham bekorga maydonda emasliklarini namoyish etishdi.
7. Oppa! SHou hujumga o'tib to'pni boshi bilan sheriklariga uzatayotganda to'p Uoltersning qo'liga tekkan ekan. Hakam penalti belgilash uchun sabab topmadi
6. Bu jamoalar o'rtasidagi oxirgi 7ta o'yinning 6tasida "qizil iblislar" zafar quchishgan. Bugun ana shu "qizil iblislar" ko'k formada o'ynashmoqda.
5. "Stok Siti" ustozi Mark Xyuz maydon chetida o'z shogirdlariga ko'rsatmalar bermoqda. Lui Van Gaal esa doimgidek o'z o'rnida
4. Mehmonlar oldinga o'tishdi. Runi to'pni Falkaoga uzatdi, Radamel esa deyarli hech narsa qila olmadi. To'p darvozabonda
3. Bilasizmi? Rayan SHoukross 2015 yil Angliya premer-ligasida gol urgan birinchi futbolchi bo'lib tarixga kirdi.
2. Burchak to'pi bo'ydor Krauch tomon uzatildi, Piter boshi bilan to'pni darvoza yonida turgan sherigiga uzatdi, jamoa sardori Rayan SHoukross esa osongina darvozani ishg'ol qildi - 1:0.
2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0! SHoukross!
2. "Stok Siti" burchak to'pi ishlab oldi. Kuzatamiz
1. MYUning dastlabki hujumga o'tishi yakuniga etmay qoldi.
1. O'YIN BOSHLANDI! Kettik!
- Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Barchangizni Yangi yil bilan tabriklab qolamiz. Angliyadagi futbolchilar bayramni bayram demay navbatdagi turni o'tkazishadi. Demak biz ham ishlashda davom etamiz. Siz bilan yaqin bir yarim soat davomida Narzulla o'yinni kuzatib boradi.
- O'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:45da boshlanadi.

Fikrlar