Anelka: “PSJ Kavanini jamoada saqlab qololmasa, bu katta xato bo'ladi”
07 iyu 2020 07:22
Yangiliklar
Anelka: “PSJ Kavanini jamoada saqlab qololmasa, bu katta xato bo'ladi”
“Kavani bilan xayrlashish juda katta xato bo'lgan bo'lardi. U jamoadagi yagona markaziy hujumchi. Unda noaniqliklar ko'p bo'lsada, u g'aroyib o'yin ko'rsatmoqda va gollar urmoqda. Parijliklar safida raqobat bo'lishi lozim. Kavani ajoyib hujumchi, agar uning harakatlari shubha ostiga olinadigan bo'lsa, u albatta boshqa kuchli klubga o'tib ketishi aniq. Agar PSJga qarshi maydonga tushadigan bo'lsa, albatta gol uradi. O'shanda parijliklar afsuslanishlari aniq.
PSJ tarkibida har bir chiziqda mahoratli futbolchilar jamlangan. Bunday tarkib bilan jamoa bemalol ECHLda g'olib chiqishi mumkin. Oxir oqibat ular bu maqsadlariga erishishadi ham. Yagona muammo – Franciya chempionatida jamoaga raqobatchi klubning yo'qligi. Franciyada chempion bo'lish yaxshi, ammo Evropada nimagadir erishish uchun ular doim kuchliroq jamoalar bilan o'yin o'tkazishlari lozim. Umid qilamanki, yaqin vaqtda “Marsel” klubini kuchli biznesmen sotib oladi va o'shanda PSJga Franciyada raqobat qiladigan jamoa paydo bo'ladi”, deya Anelkaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar