So’nggi yangiliklar

09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  1 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  10 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  7 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  9 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  10 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  20 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  3 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1

Andro Giorgadze: Superligada har bir xato jamoaga qimmatga tushishi mumkin Yangiliklar

Andro Giorgadze: Superligada har bir xato jamoaga qimmatga tushishi mumkin

Superligada debyut uchrashuvida gol urgan, dastlabki ikki turda himoyada Asliddin Toshtemirov bilan ajoyib tandem hosil qilgan Andro Giorgadze mavsumga tayyorgarlik, Superliganing darajasi va bo'lajak bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Qo'qon-1912» jamoasi yangi mavsumga qanday tayyorgarlik ko'rdi?

Mavsumga ancha yaxshi tayyorgarlik ko'rdik deb o'ylayman. Bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Jamoa har tomonlama yaxshi yig'in o'tkazdi deb o'ylayman. Yangi mavsumga yaxshi natija ko'rsatishni maqsad qilganmiz. Umid qilamanki, yana bir nechta turdan so'ng jamoa ancha shakllangan holda bo'ladi va biz yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatamiz. Menimcha, mavsum biz uchun yaxshi o'tadi.

Superliganing dastlabki ikki turi ortda qoldi. Superliga va Proliga darajalari o'rtasidagi farq qanday ekan?

Superliganing darajasi Proliganikidan ancha balandroq. Bu erda jamoalar ancha tez harakat qilishadi. Superligada har bir xato jamoaga qimmatga tushishi mumkin. Shuning uchun, har bir uchrashuvda bahs yakuniga qadar diqqatni yo'qotmaslik kerak. Hech bir bahs o'tkinchi bo'lmaydi, har bir uchrashuvda maksimal tayyorgarlik ko'rish kerak. Superliga umuman boshqa daraja ekan.

Debyut uchrashuvdagi golingiz haqida...

Bu juda yoqimli his tuyg'u bo'ldi. Men doim jamoaga yordam berishga intilaman. Ushbu bahsda golim bilan jamoaga yordam bera olganimdan xursandman. Bundan keyin ham har bir uchrashuvda jamoaga yordam berish uchun harakat qilaman. Superligada yana gol urib, jamoamning g'alabasiga hissa qo'shishni istayman.

Ushbu mavsum uchun umumiy rejalaringiz qanday? O'z oldingizga qanday maqsadlar qo'ygansiz?

Asosiy maqsadim uchrashuvlarda maksimal harakat qilish, «Qo'qon-1912» jamoasiga har bir uchrashuvda yordam berish. Turdan turga o'sishni istayman. Shuningdek, mavsum davomida ko'proq gol urib, jamoaga yordam berishni maqsad qilganman. «Qo'qon-1912» jamoasi faqat olg'a intilishini va ko'plab g'alabalarni qo'lga kiritishini istayman. Yil davomida muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatib, yaqin yillar ichida «Qo'qon-1912» jamoasi sovrinli o'rinlarga kurashadigan jamoa bo'lishini xohlayman.

Bo'lajak uchrashuv haqida...

«Sho'rtan»ga qarshi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Bo'lajak bahsda g'alaba qozonib, muxlislarni xursand qilishni maqsad qilganmiz. Muxlislarimizga alohida rahmat aytaman. Ular dastlabki ikki turda bizni ajoyib tarzda qo'llab turishdi. Ularning qo'llab turishlari bizni yanada kuchliroq o'yin ko'rsatishimizga undashmoqda. «Sho'rtan»ga qarshi uchrashuvda ham ularni «Markaziy» stadionni to'ldirib turishlarini istab qolardim.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика