So’nggi yangiliklar

10:40Златан Ибрагимович: "Айримлар бир-икки мавсум ёрқ эттиб кўринади-ю, сўнг йўқолиб кетади, Модрич эса 20 йилдан буён юқори даражада ўйнамоқда"  4 10:10Манба: "Барселона" Маркус Рэшфордни "Манчестер Юнайтед"дан тўлиқ сотиб олади  0 09:40Хави: "Барселона"га керак бўлган янги футболчи — Холанд  2 09:10Гана терма жамоаси Жаҳон чемпионатига йўл олди  2 08:40Уругвай билан охирги тўқнашувда таркибимизда кимлар ўйнаган?  5 08:20Юрген Клопп Германия терма жамоаси ва мураббийининг ишига баҳо берди  0 07:55Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон терма жамоаси бугун Уругвай билан ўйнайди  12 07:35Назорат учрашуви. "Бунёдкор" ва ОКМК баҳсида ғолиб аниқланмади  0 02:23Ўзбекистон U-18 Озарбайжон U-18ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:18ЖЧ. Нидерландия, Кипр, Хорватия йирик натижага эришди ва бошқа натижалар  0 02:10Ашурматов: "Уругвайда қандай таркиб бўлишини бизга қизиғи йўқ"  3 01:57Шомуродов: "Биринчи навбатда натижа учун ҳаракат қиламиз"  4 00:16Ўзбекистон U20 Қозоғистон U20ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 22:55Кафу: "Бразилия ЖЧ-2026ни ютиши мумкин"  3 22:31Пепе Хаби Алонсо ҳақида: "Бу клубнинг талаблари жуда катта"  0

Andrey SHipilov: "Vaziyatlar yaratishda "Qo'qon-1912" bizdan ko'ra ustunroq bo'ldi" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Vaziyatlar yaratishda "Qo'qon-1912" bizdan ko'ra ustunroq bo'ldi"

Superliga 2-turida "Qo'qon-1912" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Metallurg" bosh murabbiyi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Qo'qon-1912" birinchi turda chiroyli g'alabaga erishdi. SHuningdek, bizning jamoa ham Olmaliqda muhim natijani qayd etdi. Ikki jamoa ham ushbu bahsga yuqori kayfiyat bilan etib keldi. O'yin uchun barchasi ajoyib edi: ajoyib ob-havo, ajoyib stadion, ajoyib muxlislar...

Birinchi bo'limda biz ko'zlangan barcha vazifalarni bajarib oldik. Ikkinchi bo'limda "Qo'qon-1912" o'yinni to'liqligicha nazorat qildi. Balki raqib bugun mag'lubiyatga, biz esa g'alaba loyiq emasdik. "Qo'qon-1912" ham yuqori saviyada o'yin ko'rsata oldi. CHempionatda shunday paytlar keladiki, mana shunday o'yinlarni ko'rsatish kerak bo'lib qoladi. Yigitlarga etirozim yo'q. Ikki jamoa vakillari ham bugun uchrashuv yakuniga qadar faol bo'lishdi, kurashishdi. Biroq ikkinchi bo'limda biz o'zimizning o'ylagan futbolimizni ko'rsata olmadik. CHunki natijadan kelib chiqib o'ynay boshladik. 1:0 vaqtida bizda hisobdagi farqni ko'paytirish uchun qulay vaziyatga ega bo'lgandik. Umuman olganda, "Qo'qon-1912" vaziyat, autlar, standartlar yaratishda bizdan ildamroq bo'lishdi.

- Aytganingizdek, ikkinchi bo'limda "Qo'qon-1912" o'yinni nazorat qildi. O'shanda o'yinni o'zgartirishni istamadingizmi?
- Buni istadim. O'yinning borishi biroz boshqacharoq ketdi. O'zgarishlarni kechiktirishga to'g'ri keldi. SHaxzod o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi. O'ng qanotga Toshpo'latovni tushirishni niyat qilmagandim. Rejamda faqatgina chap qanotni kuchaytirish bor edi.

- O'yindagi tartib, sariq va qizil kartochkalar haqida nima deya olasiz?
- To'g'ri, qizil to'g'ridan-to'g'ri berilmadi. Ikkinchi berilgan sariqda raqib unchalik qattiq jarohat olmagandi. Ko'rganingizdek, jarohat olgani sababli Abbos Otaxonovni almashtirishga majbur bo'ldik. Ikki jamoaning birinchi turdagi o'yinini ko'rsak, jamoada tartib birinchi o'rinda bo'lganini, raqiblarga ko'pollik ishlatilmaganini guvoxi bo'lamiz. O'yinda kichik follar, kichik elementlar juda ko'p bo'ladi. Balki "Qo'qon-1912" bizning o'rnimizda bo'lganida boshqacharoq yo'lni tanlagan bo'lardi. Futbolchilarimga esa hech qachon maydonda yotib olib, simulyaciya ishlatishini so'ramaganman.



Furqat Po'latov Bekobod shahridan maxsus

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика