Andrey SHipilov: “Safardan ochko olishni rejalashtirgandik”
06 may 2018 01:13
Yangiliklar
Andrey SHipilov: “Safardan ochko olishni rejalashtirgandik”
-Uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rgan edik. Hozir “Qizilqum”ayni paytda yaxshi sport formasida. Qolaversa, g'alaba har ikkala jamoaning imkoniyatini oshirib yuborardi. Jamoaning asosiy kuchi legionerlardan tashkil topgan. Yovanovich, Grigalashvili va Gevorkyan o'yinni tashkil etishda asosiy kuch hisoblanardi. Kutilgandek Grigalashvili o'z imkoniyatidan foydalandi. 2:0 hisobida oldinga chiqib olganimizdan keyin hisobni saqlashimiz muhim edi. Mezbonlar bosimni oshirishdi va biz juda qiynaldik. Bitta to'p o'tkazib yuborsakda, g'alabani saqlab qola oldik. Yashirmayman: bu o'yinda ochko ishlash asosiiy maqsadimiz edi. G'alaba qozonish yoqimli, albatta. Bu yil chempionat juda qiziqarli kechmoqda. “Qizilqum” Jizzaxda “So'g'diyona”ni taslim etdi. Jizzaxliklar safarda “Nasaf”dan ustun kelishdi. Mavsum oxiriga qadar bunday shiddatli o'yinlarga guvoh bo'laveramiz, deydi "Metallurg" ustozi.
Fikrlar