Andrey SHipilov: "Penaltidan gol urolmaganimizdan so'ng futbolchilar nokdaunga uchrashdi"
25 okt 2018 11:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459630_original.jpg)
![](/upload/storage/459630_220.jpg)
Andrey SHipilov: "Penaltidan gol urolmaganimizdan so'ng futbolchilar nokdaunga uchrashdi"
"Ochig'ini aytganda, tushunarsiz o'yin bo'ldi. "Buxoro" gol urguniga qadar o'yinni biz nazorat qilib turgandik. Achinarli jihati shundaki, penaltidan gol ura olmaganligimiz o'yinimizga salbiy tasir ko'rsatdi. Go'yoki o'yin shu penaltidan iboratdek, futbolchilar nokdaunga uchrab, ruhan tushkunlikdan chiqib ketisholmadi. Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin ham imkoniyatimizda 70 daqiqa vaqt bor edi. Bizda vaziyatlar keragidan ortiq darajada bo'ldi. Bugun imkoniyatlardan foydalanish samaradorligida oqsadik. Nima ham derdim, "Buxoro" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Ketma-ket oltita uchrashuvni boy bergan jamoaning ortga chekinishga haqqi yo'q edi. Bu jarlikdan chiqib ketish uchun katta iroda talab etilardi. Mezbonlar murabbiyining g'alabaga bo'lgan ishonchiga qoyil. U futbolchilarini g'alaba sari unday oldi. Biz esa ishlashda davom etamiz", - dedi Andrey SHipilov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar