Andrey SHipilov: "Paxtakor"ga qarshi oxirigacha o'ynadik"
10 noy 2018 18:54
Yangiliklar
Andrey SHipilov: "Paxtakor"ga qarshi oxirigacha o'ynadik"
"Paxtakor" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Andrey SHipilov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun birinchi taymni yaxshi o'tkazdik. Raqib ko'p kuch yo'qotdi. Biz ikkita standart vaziyatda imkoniyat bo'ldi. Ikkinchi taymda "Paxtakor" ko'p xato qildi, ammo kutilmagan ikkita qanotdan uzatilgan to'pdan so'ng ikkita gol o'tkazdik. Himoyada o'ynasang doim ko'p kuch yo'qotasan. Biz oxirigacha o'ynadik, gol urishga ham erishdik. Bugungi kunda kim tayyor bo'lsa o'shalarni maydonga tushirdim. U yoshmi yoki yoshi kattami farqi yo'q. Men futbolchining pasportiga qaramayman", - deydi Andrey SHipilov.
Fikrlar