So’nggi yangiliklar

01:34"Лочин" устози Сардор Тўхтаев: "Йигитларимиз футбол ўйнашни исташса, Суперлиганинг исталган жамоасига қийинчилик туғдиришимиз мумкин"  3 01:23"Манчестер Сити" Виртцни сотиб олиш бўйича "Байер"га таклиф жўнатди  0 01:01Де Брюйненинг агентлари футболчининг хизматларини "Реал"га таклиф қилди  3 00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  3 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  10 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  8 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  2 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  47 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  191 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  2

Andrey SHipilov: "Men jamoani ko'r-ko'rona “yoshartirish” tarafdori emasman" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "Men jamoani ko'r-ko'rona “yoshartirish” tarafdori emasman"

Bekobodning “Metallurg” jamoasi ketma ket ikkinchi mavsumni kuchli beshlikda yakunladi.

Bu natija klub tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkichdir. Jamoa bosh murabbiyi Andrey SHipilov bilan quyidagi musohabamiz ortda qolgan chempionat sarhisobi, yangi mavsum rejalari haqida

- Andrey Sergeevich, yana bir mavsum tarix sahifalaridan joy oldi. Siz rahbarligingizdagi Bekobodning “Metallurg” jamoasi qatorasiga ikkinchi mavsum chempionatda beshinchi o'rinni egalladi. Bunday natijaga erishishning siri nimada, jamoa qanday qilib ketma ket ikki mavsum bir tekis – mo'tadil o'yin ko'rsatishga erishdi?..
- Avvalo bir narsani aytib o'tishim kerak, ijobiy natijaga erishish uchun muhit yaxshi bo'lishi kerak. Ishni to'g'ri tashkil etish lozim. Bizda esa shu narsalar bor. Deyarli yangilangan jamoa bilan biz ishni klubda hamjihatlikni yo'lga qo'yishdan boshladik. Oldimizga qo'yilgan maqsad va vazifalarni bajarishda bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qildik. Klubning infratuzulmasi shakllandi. Bosh o'yingohimiz – “Metallurg” markaziy stadionini to'liq tamirdan chiqardik. Stadionimiz zamonaviy ko'rinish oldi. Mashg'ulot o'tkazadigan maskanimiz futbol maydonini tartibga keltirdik. Bir so'z bilan aytganda futbolchilarga muxlislar kutgan o'yinni namoyish etib berishlari uchun kerakli barcha shart sharoitlar muhayyo etildi. Keyin futbolchilardan natija talab etdik. Ular ham bizning ko'rsatmalarni sidqidildan bajarishdi. Ketma ket ikki mavsum yuksak darajada to'p surishimiz va klub tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etishimiz, ushlab turishimizning “siri” mana shunda. SHu o'rinda bir gapni aytib o'tay, byudjet bo'yicha biz Superligada top klublar qatoriga kirmaymiz. To'g'ri biz ishlayapmiz, yugurayapmiz, mehnat qilayapmiz, lekin mablag'ni ko'kka sovurmayapmiz. Bizda shartnomalar kamtarona tuzilgan. Biroq barchasi shaffof hamda “vadaga vafosi bilan”, yani, majburiyatlarni ikkala tomon ham o'z vaqtida bajarib kelayapti. Yana bir malumot, muvaffaqiyatlarimizning asosiy omili muassisimiz – O'zbekiston metallurgiya kombinati hamda rahbariyatning bizga katta etibor qaratayotganligi, barcha sharoitlarni yaratib berayotganligidadir. Etibor bo'lgan joyda natija albatta bo'y ko'rsatadi. Biz qayd etgan natijalarni kutilgan natijalar degan bo'lardim.



- 2019 yilgi mavsum Sizga, klubingizga nimalarni berdi...
- 2019 yilgi mavsum ham juda qiziqarli kurashlar ostida o'tdi. Jamoamizda xarakter shakllandi, deya olaman. Bu mavsum bizga kuchayish, toblanish imkoniyatini berdi. Superliga qatnashchilari soni ikkitaga oshirilgach qo'shimcha o'yinlar, yangi raqiblar, qo'shimcha intrigalarni taqdim etdi...

- Mamlakatimizda futbolga ixtisoslashgan nashrlarning qayd etishicha “Metallurg” futbol klubi Superligadagi eng “qariya” jamoa bo'libdi. Bu statistikaga munosabatingizni bilmoqchi edik...
- Men futbolchilarning pasportiga qarab o'ynatmayman. Ularning yoshi ikkilamchi masala. Agar futbolchining mahorati, sog'lig'i, jismoniy tayyorgarligi va holati kuchlilar safida to'p surish talabiga javob bersa, nima uchun unga suniy tarzda to'siq qo'yishimiz kerak. O'ynasin, muxlislarini xursand etsin. Buning nimasi yomon. Men jamoani ko'r-ko'rona “yoshartirish” tarafdori emasman. Bu mening shaxsiy qarashlarim. Mamlakatimizning tajribali jamoalaridan birida uzoq yillar davomida olib borgan mehnatlarim xulosasi. Har qanday qabul qilinadigan qaror klub manfaati, foydasiga xizmat qilishini istayman.

- “Metallurg” yangi mavsumga tayyorgarlikni, yig'inni qachon boshlaydi?
- Biz 6 yanvardan yig'ilmoqchimiz. Hozircha dastlabki yig'in va mashg'ulotlarni mamlakatimizda olib borishni rejalashtirganmiz. Keyingi rejalar haqida gapirishga vaqtli. CHempionatimizning boshlanish muddati aniq bo'lsin, taqvimni qo'lga olaylik, shunga qarab bo'lg'usi rejalar ham ishlab chiqiladi...

- “Metallurg”ning bazi o'yinchilari xorijda to'p surmoqchi degan gap so'zlar bor. Xususan, jamoa sardori Akbar Ismatullaev jamoada qoladimi, yo'qmi? Tarkibda qanday o'zgarishlar kutilmoqda, shu kabi savollar muxlislarni qiziqtirayapti…
- O'zgarishlar albatta bo'ladi. 6-8 nafar o'yinchi bilan shartnomalarni uzaytirmoqchi emasmiz. Akbar Ismatullaevga kelsak, jamoamiz sardori Tailand chempioni bilan shartnoma bandlari bo'yicha kelishuvga erisha olmadi. U nasib bo'lsa biz bilan mashg'ulotlarni boshlaydi.



- O'FA hamda O'zPFL Superliga jamoalari stadionlariga VAR tizimini joylashtirish imkoniyatlarini o'rganmoqda. Bu yangilikka munosabatingiz qanday...
- VAR albatta qiziqarli jarayon. Hozirdan bir narsa deya olmayman. Bu jarayon bilan to'qnash kelmaguncha munosabat bildirish qiyin. Bilishimcha, bu tizimni ishga tushirish uchun juda tezkor, sifatli internet zarur. VAR uskunalari ham arzon emas. Mablag' kerak. Yana qo'shimcha moliyaviy qiyinchiliklar... Ammo olg'a intilmasdan rivojlanib bo'lmaydi. VAR bilan shug'ullanadigan kishilarimiz tizimni ipidan ignasigacha o'rganib olishsin, albatta foydasi tegadi.

- Yana “Metallurg”ga qaytsak. Klubning bu yilgi vazifasi qanday bo'ladi?
- Mavsum rejalari, vazifalari oson ish emas, bir og'iz so'z bilan ifodalab bo'lmaydi. Ayni paytda tatildaman, O'zbekistonda emasman. Kelib, rahbariyat bilan suhbatlashamiz. Imkoniyatlarni chamalaymiz. Maqsad va vazifalar shundan keyin oydinlashadi. Mavsumga yaqin bu haqda gaplashsak, o'rinli bo'ladi deb o'ylayman.

- Andrey Sergeevich, Yangi yil eshik qoqmoqda. Muxlislarimizga, butun O'zbekistonimiz xalqiga tilaklaringiz...
- Avvalo yurtimizga tinchlik, xotirjamlik tilayman. Osmonimiz musaffo bo'lsin. Xalqimizga qut-baraka, to'kinlik, farovon turmush tilayman. Mamlakatimizning kelajagiga hamisha ishonch va umid bilan boqishlarini istayman. Yangi yil barchamizga shodlik, xursandchilik olib kelsin.

- Suhbat uchun vaqt ajratganingizga rahmat. Sizga ham barcha tilaklaringiz ijobat bo'lishini tilaymiz.
- Rahmat. Yangi yilni yaxshi kayfiyatda, ko'tarinki ruhiyatda kutib olish nasib etsin.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика