Andrey SHipilov: "Jo'jani kuzda sanashadi" deb bejiz aytishmagan"
24 noy 2019 11:22
Yangiliklar
Andrey SHipilov: "Jo'jani kuzda sanashadi" deb bejiz aytishmagan"
- FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffus futbolchilarning holatiga tasir qilishidan cho'chigandik. Hujum chizig'imizda o'yinimiz qovushmadi. Birinchi bo'limda shubhamiz to'g'ri chiqdi. Mehmonlar esa juda aqlli himoyalanishdi.
Tanaffusda shogirdlarimdan to'pni ushlab turmasdan, tezroq oldingi chiziqqa etkazib berishlarini so'radim. O'yinchilarni ham to'g'ri almashtirdik deb o'ylayman. Toshqo'ziev hamda Abdullaevlarning maydonga tushirilishi o'yin taqdirini hal etdi. Har ikkalasi gol urishdi va kiritilgan gollarda bevosita ishtirok etishdi. O'z uyimizda anchadan buyon g'alaba qozona olmay kelayotgandik. Asosan safar uchrashuvlari ochko jamg'ardik. Oxirgi marta uyda “Navbahor”ni yutgan edik. Bugun futbolchilar o'ylaymanki, sermahsullik va chiroyli kombinaciyalar bilan muxlislarimizni xursand etishdi.
Oldinda ikkita qiyin o'yin turibdi. Bugungi g'alaba futbolchilarimizning ruhiyatiga ko'tarinkilik bag'ishlaydi deb umid qilaman. Mavsumni yuqori tonda yakunlashni xoxlaymiz. “Jo'jani kuzda sanaydi” deb bejiz aytishmagan. Ayni paytda barcha jamoalar qimmatli ochkolar “iziga tushishgan”. Bugungi g'alaba bilan shogirdlarimni, muxlislarimizni tabriklayman. “Dinamo”ga esa keyingi o'yinlarda muvaffaqiyat tilayman, deydi Andrey Sergeevich.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar