So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

Andrey SHipilov: "G'alaba qozonganimizda kayfiyatimiz ham boshqacha bo'lardi" Yangiliklar

Andrey SHipilov: "G'alaba qozonganimizda kayfiyatimiz ham boshqacha bo'lardi"

"Metallurg" - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Andrey SHipilov hamda jamoa sardori Zohid Abdullaev matbuot anjumanida qatnashishdi.

Andrey SHipilov: - Bugun teng kuchli raqiblarning to'qnashuviga guvoh bo'ldik. Qayd etilgan natija o'yinga mos bo'ldi, deb o'ylayman. Vaziyatlar ikkala jamoada ham bo'ldi. Uchrashuv so'ngida bosimni oshirdik. Yutib ketishimiz ham mumkin edi. Omadimiz chopmadi. Agar g'alaba qozonganimizda kayfiyatimiz ham boshqacha bo'lardi. Hozir esa bir ochko bilan qanoatlanishga majburmiz. 

Klub rahbariyati jamoani shakllantirish uchun katta ko'mak berdi. Inson hamisha bugungidanda yaxshiroq bo'lishini xohlaydi. Nasib bo'lsa o'yinimiz yurishib ketsa, muxlislarimiz jamoaning kuchiga o'zlari baho berishadi.

Zohid Abdullaev, jamoa sardori, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi: 
Bugun Bekobodda katta futbol bayrami bo'ldi. Biz muxlislarimizdagi kayfiyatni yanada ko'tarishni xohlagandik. G'alabani ko'zlab maydonga chiqdik. Biroq jamoa tarkibini ko'rdilaringiz, to'qson foizga yangilangan. SHu sababli ham o'yinimiz biroz qovushmadi. Murabbiylarning ko'rsatmasini yuz foiz bajara olmadik. Xudo xohlasa keyingi o'yinlarda bundanda katta g'ayrat-shijoat ko'rsatib, ishqibozlarimizni xursand etamiz.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика